Psixologik tadqiqot natijalariga qaraganda talabalarning faol fikrlash
faoliyati mavzusiga aylangan ma’lumotgina yaxshi o’zlashtiriladi. Shu nuqtai
nazaridan o’qituvchi amaliy mashg’ulot jarayonida asosiy e’tiborni talabalar
bilimini faollashtirishga qaratishi, ularga xar bir mashqning ta’limiy xarakterini,
ya’ni xar bir mashq echimi ularni turli muammoli vaziyatlarda to’g’ri yo’l topishga
o’rgatishni, ularning bilim va tajribasini boyitishni tushuntirish kerak.
Xulosa qilib aytganda, yaratilgan topshiriqlar tizimi ta’limni kafolatlangan
natijaga ega bo’lgan o’ziga xos texnologik jarayonga aylantirish lozim. Bu
jarayonda oliygox «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o’qituvchisi
odatda o’z oldiga «talaba o’quv materialining mazmunini tushunib, o’zlashtirib
olsin, ma’lum bilimlarni egallab amaliyotga qo’llashga o’rgansin» degan maqsadni
qo’yadi.
Yangi pedagogik texnologiyalariga asoslangan bunday maqsadning moxiyati
topshriqlar tizimini yaratishda talabalar xarakatida ifodalanadigan natijalar bilan
belgilanadi. Bu natijalar talaba mashg’ulotning oxirida bilishi yoki bajara olishi
mumkin bo’lgan tushunchalarni anglatadi.