qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo’lsada, uni tashkil etish xanuzgacha
takomillashuvda davom etmoqda. Bu takomillashuvning imkoniyatlari
cheklanganligi yondashuvning o’ziga qo’yilgan tamoyillaridadir. Jadal suratlar
bilan o’sib borayotgan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi
isloxatlar,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish
istaklarini qondirishga bo’lgan jamiyat extiyojlari o’qitish metodlari o’rtasida
ziddiyatlar tug’ilishiga olib kelmokda.
Ta’limga texnologik yondashuvning umumiy xarakteristikasini (qismlarga
ajratmagan xollarda) ta’limning reproduktiv darajasi sifati misolida qaraymiz.
Bunday variantning tanlanishi M.V.Klarinning tadqiqot ishida o’z aksini topgan.
Ma’lumki, reproduktiv ta’lim talabalarning yod olingan va o’zlashtirgan
bilimlariga tayanadi. Shuni ta’kidlash joizki, xattoki talabalardan bir xil vaziyatda
bo’lmagan vazifalarni xal etish ko’nikmalarini talab etuvchi ma’lum qoidalar
kombinatsiyasi asosida echimning yangi sub’ektiv algoritmini ishlab chiqish zarur
bo’lgan o’zlashtirishning produktiv darajasi kuzda tutilgan takdirda xam
reproduktiv element ko’plab o’quv predmetlarining ichiga kirib borgan. Pedagogik
texnologiya doirasida reproduktiv darajasidagi ta’limga asoslangan ma’ruza
mashg’uloti aniq qayd etilgan va qismlari tavsiflanib, kutilgan natijalari bilan asl
xoliga qaytarish lozim bulgan konveyrli jarayon sifatida kuriladi.
Ma’ruza matni aniq kayd etilgan o’quv maqsadiga mos xolda tuzilgan,
maxsus qismlarga ajratilgan o’quv materialini tavsiya etishning al’ternativ
yo’llarini kuzda tutadi va o’quv ishlari yukori natijalarga erishishiga karatilgan.
Bunday yo’naltirilganlik mashgul bulish, musobakalashish va o’zaro
yordamlashish elementlaridan xoli emas, shuning
uchun u talabalarda minimal,
ya’ni o’zlashtirishi zarur bulgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallatish
jarayonida ko’proq
samara beradi. Texnologik yondashuvni ma’ruza
mashg’ulotlarida qo’llash o’qituvchi tomonidan qo’yilgan uquv maqsadlariga
kafolatli erishish imkonini beradi.
Ta’limga izlanuvchi-ijodiy yondashuvdagi matssad-talabalarda ma’ruza
matnidagi muammolarni xal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani
mustaqil o’zlashtirish qobiliyatlarining shaxsiy ma’no kasb etishini
rivojlantirishdan iboratdir. Bunday yondashuv ta’lim mazmuni shaxsni
tadqiqotchilik yo’liga boshlash va uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan
bog’liq.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, pedagogikada xam texnologik, xam izlanuvchi-
ijodiy yondashuvlar zarur, ularning xar bir ma’ruza matnlarida qullanishi bo’yicha
o’z o’rniga ega, shu jixatdan ularning optimal ravishda birga qushib olib borilishi,
bizningcha, maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim tizimi tuzilishidagi keng kamrovli islohotlarni respublika pedagoglari
ilgor pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash bilan
mustahkamlashlari zarur deb o’ylaymiz. Buning uchun pedagoglarni o’quv
jarayoniga, texnologik yondashuvga o’rgatish talab etiladi, bu esa nafaqat
foydalanish, balki uni O’zbekistan tajribalari, an’analari, madaniyatini hisobga
olgan holda rivojlantirish imkonini beradi. Texnologik
yondashuv doirasida
yaratilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ma’ruza matniga doir
didaktik loyihalash usullariga bo’lgan munosabat o’quv jarayonini oqilona, shu
bilan birga ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini
bauolashga yordam beradi. Shuni qayd etish joizki, an’anaviy o’quv jarayonida
texnologik yondashuvni to’laligicha emas, balki uning elementlarini qo’llash
(ularni o’zlashtirilgan va tegishli metodik ta’minotning tayyorgarlik darajasida)
mumkin. Bu eng avvalo pedagogik texnologiyaning yadrosi yoki markaziy nuqtasi
deb atash mumkin bo’lgan alohida o’quv maqsadlarini aniqlashtirish
(konkretlashtirish) yo’llariga tegishlidir.
Ma’ruza mashg’ulotlarida texnologik yondashuv, rejalashtirilgan natijani
amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali shaklda o’z ifodasini
topadi. Ya’ni: "maqsadga yo’naltirilganlik", "ta’limni alohida o’rgatuvchi
ko’rinishlarga bo’lish", "jarayon natijalarini tashhisli tekshiruv" kabilar shular
jumlasidandir.
Ma’ruza mashg’ulotlarining asosiy texnologik jihat-o’quv jarayonining
so’nggi natijalariga yo’naltirilganligini kuzatishdan iboratdir, ya’ni talaba o’z
imkoniyati darajasiga mos kafolatlangan bilim olishga e’tibor qaratilgan. Bu esa
ma’ruza mashg’ulotlarida berilgan bilimlarni o’zlashtirishda talabalarning
yakkalashishiga olib keladi. Ma’ruza mashg’ulotlaridagi bunday texnologik
yondashuv tarkibiga quyidagilar kiradi:
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining uar bir ma’ruza
mashg’uloti bo’yicha maqsad va vazifalar ro’yxatini ishlab chiqish;
o’quv maqsadlarini nazorat topshiriqdariga o’tkazish (aylantirish);
maqsadga erishish
usullari;
erishilgan o’quv maqsadlarini baxolash.
Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo’yish o’ziga xos
bo’lib, bu xoslik, ta’lim maqsadlari o’quvchilar xarakatida ifodalanadigan va aniq
ko’rinadigan, shuningdek, o’lchanadigan natijalar orqali belgilanadi.
Rivojlangan mamlakatlardan, jumladan, Amerika Kushma Shtatlari va
Angliya davlatlarida talaba va o’qituvchi uchun maqsadlarni aloxida - aloxida
belgilash odat tusiga kirgan. Bu esa mantikan to’g’ri, chunki o’qitish-pedagog va
ta’lim oluvchining o’zaro xamkorlikdagi faoliyati xisoblanadi. Bunda maqsadlar
(o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, aytib berish va x.k.) o’qituvchining faoliyatidan
kelib chiqqan xolda quyiladi. Talabaning xarakterlarida ifodalanadigan natijalar,