ta’limda o’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning
o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini xam tashkil etishdan iborat bo’ladi. Izoxli-
tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi xolatlar yuzaga keladi:
Ta’lim jarayonida reproduktiv ta’lim metodlari yukorida keltirilgan
metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o’qituvchining
bilimlarni tushuntirishi, ularni o’quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va
qayta ishlab chiqishi (reproduktsiya). O’zlashtirilgan bilimlarning mustaxkam
bo’lishiga ularni ko’p marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod
ta’limning
barcha
bosqichlarilarida turli xarakatlarni amalga oshirish
ko’nikmalarini o’zlashtirishda muxim o’rin tutadi.
Ta’lim jarayonida muammoli metodning moxiyati informatika
mashg’ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va echishdan iborat
bo’lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish
nafaqat ilmiy bilish yo’li shu bilan birga o’quv yo’li xamdir. Bu metodni
quyidagi
chizma yordamida ifodalash mumkin:
1 - rasm. Muammoli o’qitish metodining tuzilmasi
Muammoli ta’lim kontseptsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli
vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar xisoblanadi. Chizmadan
anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko’rinishi xisoblanib,
o’zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib etilgan muammoni ifodalaydi, uni
bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va xarakat ko’nikmalarini o’zlashtirishni
taqozo etadi. Agar o’quvchida qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llarini
izlab topish
uchun boshlangich ma’lumotlar bo’lmasa, shubxasiz, muammoli vaziyat echimini
u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning echimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash
muamo moxiyatini tushunib etilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko’nikmalar
majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq
boshlanadi. Bu xolda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Xar bir muammo
muammoli vaziyatni o’zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli
vaziyat
muammoga aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo echimini topishga
yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat
muammoli masalaga xosdir. Muammoda echimning qandaydir parametrlari
ko’rsatilsa, u muammoli masala xisoblanadi. Xar qanday muammoli topshiriq
ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni xam qamrab oladi. Biroq,
yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi.
Inson xar doim muammoli masalalarni xal etadi. Agar uning oldida muammo
paydo bo’lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning
echimi uchun
o’zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko’rsatishlarni belgilab oladi.
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu
muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.
Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar
tomonidan quyidagi xarakatlar amalga oshiriladi: