KIRISH
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda
kompyuterlar tizimining yordami benihoya kattadir. XXI asr – axborot
kommunikatsion texnologiyalari asridir. Odamzod o’zining yangi
rivojlanish
bosichiga o’tdi – axborot va axborot jarayonlari inson hayotining asosiy tarkibiy
qismidan iborat bo’lgan axborot jamiyat shakllanayapti. Bu
rivojlanish nafaqat
odamlar yashaydigan yangi axborot muhitni, balki ularning yangi
hayot tarzi va
kasbiy faoliyati shakllanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim
to’g’risida»gi qonunlarda ta’limni sifatini ko’tarish masalasi qaratilgan.
Informatikalashtirish ta’lim tizimini isloh qilishning muhim mexanizmidan iborat
bo’lib, u ta’limni sifati, tushunarliligi va samaradorligini ko’tarishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g'risida”gi Farmoniga
ko‘ra 2017-2021 yillarda respublikamizni rivojlantirishning beshta ustivor
yo’nalishlar ko’rsatib berilgan. Harakat strategiyaning IV –
bandida ijtimoiy
sohani rivojlantirishning ustivor yo’nalishlarida ta’lim va o’qitish sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari
faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini
amaliyotga joriy
etishning samarali mexanizmini yaratish kabi vazifalar qayd etib o’tilgan. Ushbu
vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tizimida bir qator jobiy ishlar
olib borilmoqda, jumladan Informatika fanlarining o‘qitilish sifatini ta’minlash
muayyan ta’lim muassasasi tarkibidagi ixtisosliklarga muvofiq mas’ul kafedralarga
yuklatilgan. Informatika ta’limi iqtisod, informatika va turli ko‘p profilli ta’lim
muassasalarida turlicha vazifalarga va o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega. Shunday
bo‘lsa-da, informatika ta’limi sifatini boshqarishda axborot texnologiyalaridan
foydalanishga oid quyidagi umumiy yondashuvlarni ajratish mumkin:
1. O‘quv jarayonini tashkil etishni boshqarish.
2. Informatika ta’limi mazmunini boshqarish.
3. Informatika fanlarini o‘qitish metodikasini boshqarish.
4. Bilimlarni nazorat qilishni boshqarish.