O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/41
Sana20.11.2023
Hajmi3,23 Mb.
#101657
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
Avtotransport vositalarining tuzilishi

14.6. Nazorat uchun savollar 
1. Avtomobillarning yurish qismining vazifasi nimadan iborat? 
2. Osmaning vazifasi nimadan iborat? 


64 
3. Osma necha qismdan tashkil topgan? 
4. Elastik qismning vazifasini ayting? 
5. So‘ndiruvchi qismning vazifasini ayting? 
6. Yo‘naltiruvchi qismning vazifasini ayting? 
7. Mustaqil osma deb nimaga aytiladi? 
8. Nomustaqil osma deb nimaga aytiladi? 
9. Ikki richagli yo‘naltiruvchi element qaysi avtomobillarda 
qo‘llaniladi? 
10. Listli 
ressorli 
elastik 
element 
qaysi 
avtomobillarda 
qo‘llaniladi? 
11. Neksiya avtomobilining orqa osmasining nomini ayting? 
12. Torsionli elastik element qaysi avtomobilning osmalarida 
qo‘yilgan? 
13. Qanday kompanovkali avtomobillarda Makferson tipidagi 
osma qo‘yiladi va nima uchun? 
14. Makferson osmasining afzalliklari? 
15. Amortizatorning vazifasi nimadan iborat? 
16. Nimaning hisobiga amortizator tebranishni so‘ndiradi? 
17. Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatori qanday vazifani bajaradi? 
18. Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatori nimaning hisobiga 
ko‘ndalangiga bo‘ladigan burchak tebranishlarni so‘ndiradi? 
19. Agar avtomobil osmasida yo‘naltiruvchi qism bo‘lmasa, 
avtomobil qanday harakatlanadi? 
20. Nima uchun yuk avtomobillarda mustaqil osma qo‘yilmaydi? 
 


65 
15 – LABORATORIYA ISHI 
 
RAMA. KUZOV. KO‘PRIK, G‘ILDIRAK VA SHINALAR 
TUZILISHINI O‘RGANISH 
 
15.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
Rama, kuzov, ko‘priklar, g‘ildirak va shinalarning tuzilishi
ishlashi va ularning konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat. 
15.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

Rama. Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya, 
yurish qismi, boshqarish tizimlari o‘z vazifasini bajara olishi uchun 
biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda 
yukni va yo‘lovchini ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida 
haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak.
15.1 – rasm. Avtomobil ramasining umumiy tuzilishi: a – lonjeronli;
b – umurtqasimon; 1 – lonjeron; 2, 4 – ko‘ndalang to‘sincha;
3 – tortish-ilashtirish qurilmasi; 5 – buffer; 6 – ilgak; 7 – to‘sin. 
Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat, 
uzellarni joylashtirish kerak.
Ko‘tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo‘lib, ramasiz 
konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi.
Rama avtomobilning kuzovi, kabinasi, transmissiya agregatlari va 
h.k.larni biriktirish uchun kerak. Transport vositasining harakati 
davrida rama ustidagi yukning og‘irligi, itaruvchi, burovchi kuch va 


66 
momentlar, yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan dinamik turtkilarni 
qabul qiladi.
Kuzov. Avtomobilda shunday qism ham bo‘lishi zarurki, u 
yukni, yo‘lovchilarni (yengil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish 
hamda ularni tashqi atrof-muhit ta’siridan saqlab, turish kerak. Bu 
vazifani kuzov bajaradi. Kuzovlarning vazifasi bo‘yicha yuk uchun 
(yog‘och yoki temir platforma), yo‘lovchilar uchun, yuk va yo‘lovchi 
uchun va maxsus turlari bo‘ladi.
15.2 – rasm. Yengil avtomobilning ko‘tarib turuvchi kuzov karkasi
Ko‘priklar o‘rtadagi vositachi agregat bo‘lib, bir tomondan 
kuzov (rama)dan tushgan og‘irlikni g‘ildiraklarga uzatsa, ikkinchi 
tomondan yo‘l notekisliklaridan hosil bo‘layotgan turtkilarni kuzov 
(rama)ga beradi.
Ko‘priklarning vazifasi kuzov va ramani ularning yuklari bilan 
ushlab turish hamda ulardan tik yo‘nalishda ta’sir etuvchi yuklamani 
g‘ildiraklarga uzatish, shu bilan bir vaqtda g‘ildirakdan kuzov 
(rama)ga tortuvchi, tormozlovchi, yondan ta’sir etuvchi kuchlarni 
uzatishdir.
G‘ildiraklarga qo‘yilgan vazifasiga ko‘ra ko‘priklar yetakchi
yetakchi-boshqariluvchi, 
boshqariluvchi, 
ushlab 
turuvchi, 
kombinasiyalashgan turlariga bo‘linadi.


67 
15.3 – rasm. Yetakchi ko‘priklar: a – ikki qismli; b, d – yaxlit;
1 – g‘ilof; 2, 3 – karter bo‘laklari; 4 – tayanchlar; 5, 6, 12 – flaneslar; 
7 – chashka; 8, 10 – kronshteynlar; 9, 13 – balkalar; 11 – truba(quvur). 
Gildirak avtomobilning shinasi va o‘qi o‘rtasidagi bog‘lovchi 
zveno 
hisoblanib, 
shinani 
o‘rnatish uchun kerak bo‘ladi. 
Avtomobillarda diskli g‘ildiraklar ishlatiladi. U ikki qismdan iborat: 
disk va obod. Disk yig‘ilgan g‘ildirakni baraban shpilkalariga 
mahkamlash uchun obod esa pnevmatik shinani joylashtirish uchun 
xizmat qiladi.
G‘ildiraklar ikki turli bo‘ladi: chuqur-bir butun va tekis-
bo‘laklarga ajraladigan. 
Bir butun g‘ildiraklar yengil avtomobillarda ishlatilib, unda 
shinani joylashtirish uchun chuqurlik va bort bor. Bo‘laklarga 
ajraladigan g‘ildiraklar yuk avtomobillari va avtobuslarda qo‘llanilib, 
shinani joylashtirish o‘ngay bo‘lishi uchun bitta borti ajraladigan qilib 
yasaladi. Ajraladigan bort kesilgan elastik qulf-halqa bilan 
mahkamlanadi. Ba’zi avtomobillarda esa (GAZ) bitta bortni ajratib 
olish mumkin bo‘lib, shina joylashtirilgandan so‘ng boltlar yordamida 
yig‘iladi. Hozirgi yuk avtomobillarida kengaytirilgan polkali va 
disksiz g‘ildiraklar ham ishlatilmoqda. 


68 
15.4 – rasm. G‘ildirak tuzilishi: a – kamerali shina (1 – kamera;
2 – obod lentasi; 3 – pokrishka); b – kamerasiz shina (1 - rezinali 
qatlam; 2 – bort qatlami; 3 – shina ventili); d – pokrishka 
konstruksiyasi(1 – karkas; 3 – protektor 2 – breker; 4 – yon tomon;
5 – o‘zakli bort). 
Shinalar g‘ildirakning yo‘l notekisliklaridan qabul qilgan 
turtkilarni yumshatib va so‘ndirib, avtomobilning yurishidagi 
ravonligini yaxshilaydi. Shina g‘ildirak obodiga o‘rnatilib, ular 
kamerali va kamerasiz; yuqori va past bosimli; diagonal va radial 
kordli oddiy hamda arkali shina, pnevmokatok tipida bo‘ladi. 
Shinaning tuzilishi asosini karkas tashkil etib, chetlari o‘zakga 
ega bort bilan tugaydi. Karkasning ustki qismida yostiqsimon qatlam 
bor. Karkas rezina-kord materialdan tayyorlanib, uning o‘zak va 
bortlari pokrishkani obodga mahkamlash uchun kerak. Kord iplari 
rezina bilan qoplangan viskoza, kapron yoki neylon iplardan iborat 
bo‘lib, uning diagonal yoki radial joylashishiga qarab, shinalar 
diagonal yoki radial kordli bo‘ladi. Karkasning usti va yon qismi 


69 
protektor rezinasidan iborat. Protektor shinaning vazifasi va kaysi tip 
avtomobilga o‘rnatilishiga qarab turli xil bo‘rtma rasmga ega.

Download 3,23 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish