O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS
TA„LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MATERIALSHUNOSLIKNING
FUNDAMENTAL ASOSLARI
o‗quv fanidan
amaliyot mashg
„ulotlari va laboratoriya ishlari bo
„yicha
USLUBIY KO„RSATMALAR
Toshkent 2019
2
Tuzuvchilar:
Rasulov A.X., Abdukarimova S.B., Xabibullayeva I.A.
“Materialshunoslikning fundamental asoslari” o‗quv
fanidan amaliyot
mashg
„ulotlari va laboratoriya ishlari bo
„yicha
uslubiy ko‗rsatma. –
Toshkent, ToshDTU, 2019. – 80 b
Ushbu o‗quv-uslubiy ko‗rsatma hozirgi zamon o‗quv
texnologiya-
lari talablari asosida yaratilgan. Ushbu o‗quv-uslubiy ko‗rsatmada
―Materialshunoslikning fundamental asoslari‖ fani bo‗yicha amaliyot
mashg‗ulotlari va laboratoriya ishlarini bajarish
uslublari va tartiblari
berilgan. Har bir amaliy mashg‗ulot va laboratoriya ishlarini bajarishda
qo‗llaniladigan
jihozlar, asbob-uskunalar va o‗lchov asboblarning
sxemalari va ulardan foydalanish tartib-qoidalari keltirilgan.
Amaliy
mashg‗ulot va laboratoriya ishlarni bajarish tartiblari namunaviy misol
keltirishlar bilan tushuntirilgan. O‗quv-uslubiy ko‗rsatma barcha texnika
oliy o‗quv yurtlari 300 000 – ―Ishlab chiqarish texnika soha‖, 320000 –
―Ishlab chiqarish texnologiyalari‖, 5320100 – ―Materialshunoslik va
yangi materiallar texnologiyasi‖ (mashinasozlik) yo‗nalishi
talabalari
uchun mo‗ljallangan. Boshqa bilim sohalari yo‗nalishlari talabalari ham
foydalanishlari mumkin.
O‗quv-uslubiy ko‗rsatmaning asosiy maqsadi talabalarning
ma‘ruzada va mustaqil ishda olgan bilimlarini mustahkamlash. Shuning
uchun har bir ish yakunida o‗z-o‗zini tekshirish savollari bor.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-
uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi.
Taqrizchilar: 1. Shernayev A.N., TKTI ―Oziq-ovqat
sanoati mashina
jihozlari – mexanika asoslari‖ kafedrasi mudiri, t.f.n.
dotsent;
2. Nurmurodov S.D., ―Materialshunoslik‖
kafedrasi profes-
sori, t.f.d.