|
- rasm. Kristallanishda sovish egri chiziqlariBog'liq Materialshunoslikning fundamental asoslari2.2 - rasm. Kristallanishda sovish egri chiziqlari:
1-nazariy egri chiziq; 2-metallarning o„ta sovib kristallanish
egri chizig„i; 3-metallmas materiallning kristallanish egri chizig„i
O‗suvchi kristallarning shakli, ularning bir-biriga tegish shartlari
bilangina emas, balki qotishmaning tarkibi, qo‗shimchalar borligi va
sovish tartibi bilan ham belgilanadi. Odatda, kristallar hosil bo‗lish
mexanizmi dendrit (daraxtsimon)–xarakterga ega (2.3 - rasm).
Dendrit kristallanish donachalarning notekis tezlikda o‗sishi bilan
xarakterlanadi. Donachalar hosil bo‗lgach, ularning rivojlanishi atomlar
joylashishining zichligi katta va ular orasidagi masofa kichik bo‗lgan
tekislik, hamda panjara yo‗nalishlarida sodir bo‗ladi. Bu yo‗nalishlarda
bo‗lg‗usi kristallning birinchi tartibli o‗qlari (1) deb ataluvchi uzun
shoxchalar paydo bo‗ladi. Keyinchalik birinchi tartibli o‗qlardan yangi
ikkinchi tartibli o‗qlar (2), ikkinchi tartibli o‗qlardan esa uchinchi tartibli
o‗qlar (3) o‗sib chiqadi va v.x. Kristallana borish davomida yuqori tar-
tibli o‗qlar hosil bo‗lib, ular asta-sekin suyuq metall egallab turgan ora-
liqlarni to‗ldira boradi (2.3 - rasm).
Suyuq metall qolip devorlariga (1) tekkanda dastlabki vaqtda o‗qlari
teng bo‗lgan mayda kristallar zonasi (2) hosil bo‗ladi (2.4 - rasm). Qattiq
metall hajmi suyuq metall hajmidan kichik bo‗lganligidan, qolip devori
bilan qotgan metall orasida havo qatlami hosil bo‗ladi, hamda metall
devorga tegishi natijasida devor qiziydi, shuning uchun metallning
sovish tezligi kamayadi va kristallar issiqlik chiqayotgan tomonga qarab
o‗sadi. Bunda daraxtsimon yoki ustunsimon kristallardan tashkil topgan
zona (3) hosil bo‗ladi. Quymaning ichki zonasida (4) sekin sovish natija-
sida teng yonli ma‘lum yo‗nalishga ega bo‗lmagan katta o‗lchamli
kristallar hosil bo‗ladi.
|
| |