15
3 – AMALIY MASHG„ULOT
METALL VA QOTISHMALARNING XOSSALARINI
O„RGANISH
Amaliy mashg„ulotni o„tishdan maqsad: Metall va qotishmalar-
ning xossalarini o‗rganish.
Amaliy mashg„ulotning mazmuni: Metall va qotishmalarning
kimyoviy, fizikaviy va texnologik xossalarini o‗rganish va tahlil qilishni
o‗rganish.
Kimyoviy xossalari, bu ularning oksidlanishga, tashqi muhit, havo
namligi, kislota va boshqalarning ta‘siridan
yemirilishga qarshi tura
olish xossalaridir. Aytib o‗tilgan omillar ta‘siridan kimyoviy yemiri-
lishga metallarning korroziyasi deyiladi.
Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya bo‗ladi. Kimyoviy korrozi-
ya elektr toki o‗tmaydigan muhitda, masalan, quruq gaz, benzinda ro‗y
beradi. Dvigatellar chiqarish klapanlarining, termik ishlov berish pechla-
ri ichki armaturasining oksidlanishi shunday korroziya hisoblanadi.
Elektro-kimyoviy tok o‗tkazuvchi muhitning (namlik, nam xavo, kislota,
ishqorlar va boshqalar) metallga ta‘siri oqibatida yuz beradi. Metall va
qotishmaning tarkibi bir xil yemasligi tufayli
bunday korroziya hosil
bo‘ladi. Turli jinsli elementlar elektrolit bilan kontaktda bo‗lganda
galvanik tok paydo bo‗ladi. Elementlardan biri katod, ikkinchisi anod
vazifasini o‗taydi. Anod vazifasini o‗taydigan element yemiriladi. Bar-
cha metall va qotishmalar elektrodli potensialga ega. Elektrodli potensi-
ali turlicha bo‗lgan ikkita metall biriktirilsa, potensial kichik bo‗lgan
metall yemiriladi.
Amalda korroziya, po‗lat va cho‗yanning zanglashi,
misni yashil rangli, latunni esa qora rangli oksid pardasi bilan qopla-
nishida sodir bo‗ladi.
Yemirilish harakteriga ko‗ra
korroziya umumiy, mahalliy va
Kristallitlararo turlarga bo‗linadi. Korroziyaga qarshi kurashishda
korroziyaga bardosh metallar, metall bo‗lmagan materiallar (lak, bo‗yoq,
emal), shuningdek oksid pardalari (qoraytirish, fosfatlash), kimyoviy
barqaror qotishma va boshqalarni qoplash usullaridan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda agressiv muhitlarda, yuqori temperatura va tezliklar bilan
birga katta kuch ta‘sir etadigan muhitlarda
metallardan foydalanishning
solishtirma ulushi ortib ketdi. Korroziyaga bardosh, issiqqabardosh
qotishmalarga talab ortib bormoqda. Yuqorida sanab o‗tilgan korroziya
turlar bilan kurashish uchun alohida himoya
vositalari bilan himoya-
laniladi. Bularga misol qilib, ingibitorlarni olish mumkin. Ingibitorlar
16
korroziyani sekinlatuvchi turli organik va anorganik moddalar
hisoblanadi.