25
6. Metall va qotishmalarning yana qanday mexanik xossasi
deganda nimani tushunasiz?
5 – AMALIY MASHG„ULOT
MATERIALLARNING QATTIQLIGINI BRINELL
USULIDA SINASHDA FOYDALANILADIGAN
NAMUNALAR, ASBOB, MOSLAMA VA O„LCHOV
ASBOBLARINI O„RGANISH
Amaliy
mashg„ulotni o„tishdan maqsad: Materiallarning
qattiqligini Brinell usulida sinashda foydalaniladigan namunalar, asbob,
moslama va o‗lchov asboblarini o‗rganish.
Amaliy mashg„ulotning mazmuni: Qattiqlikka sinash mexanik
xossalarni aniqlashning eng sodda va tez usullardan bo‗lganligidan,
ishlab chiqarish sharoitida keng tarqalgan. Qattiqlikka sinashning turli
usullari bor. Quyida, ulardan eng ko‗p tarqalganlari keltirilgan.
Bu usulda materiallarning qattiqligini aniqlashda TK-2
asbobidan,
moslama sifatida plita, prizmalardan, shtangensirkul yoki chizig‗ichdan
foydalaniladi. 5.1-rasmda qattiqlikni o‗lchashda keng foydalaniladigan
TK-2 asbobining ko‗rinishi va kinematik sxemasi keltirilgan.
Rasmdan
ko‗rinadiki, uning korpusining yuqori qismida sinaladigan materialga
uchlik orqali yuklamani qo‗yuvchi richag 21, pastida esa stol 7 ni
zaruriyatga ko‗ra yuqoriga ko‗taruvchi yoki
pastga tushiruvchi mexa-
nizmi bor. Bu usulning mohiyati shundan iboratki geometriya 2,5; 5
yoki 10mm bo‗lgan toblangan po‗lat sharcha mos ravishda 1,87; 7,5 va
30 kN yuklanish bilan sinalayotgan sirtga botiriladi. Namuna sirtida
qoladigan iz diametri bo‗yicha qattiqlik aniqlanadi (5.2-rasm, a). Iz
diametri darajalariga bo‗lingan maxsus lupa bilan o‗lchanadi. Amalda iz
diametri bo‗yicha HB bilan belgilangan
qattiqlik sonini aniqlash
imkonini beradigan jadvallardan foydalaniladi.