• Mustahkamlik
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/53
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #103279
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
    Bog'liq
    Materialshunoslikning fundamental asoslari

    Amaliy mashg„ulotni mazmuni: Metall va qotishmalarning mexa-
    nik xossalari ularning tashqi kuchlarga qarshilik ko‗rsata olish xususi-
    yatini belgilaydi. Mexanik xossalar metallarning kimyoviy tarkibi, 
    strukturasi, texnologik ishlov berish usuli va boshqa omillarga bog‗liq 
    bo‗ladi. Mexanik xossalari ma‘lum bo‗lsa, metallarga ishlov berish 
    vaqtida hamda konstruksiya va mexanizmlarning ish jarayonida
    ularning o‗zini qanday tutishi haqida hukm yuritish mumkin. Metallarga 
    ta‘sir etish xarakteriga ko‗ra uch xil tashqi yuklanish bo‗ladi: statik 
    yuklanish-doimiy yo‗ysinda yoki juda sekin o‗sib boruvchi kuch 
    ko‗rinishida ta‘sir qiladi; dinamik yuklanish-zarb xarakteriga ega bo‗lib, 
    bir onda ta‘sir qiladi; siklik yoki o‗zgaruvchan ishorali yuklanish-
    qiymati yoki yo‗nalishi, yoxud ham qiymati, ham yo‗nalishi bir yo‗la 
    o‗zgaruvchan kuchlardir. 
    Yuklanish ta‘siridan qattiq jismda, ya‘ni metallarda kuchlanish va 
    deformatsiya paydo bo‗ladi. Kuchlanish – sinalayotgan namuna ya‘ni 
    ko‗ndalang kesim yuzining yuza birligiga to‗g‗ri keladigan yuklanish 
    kattaligidir. 
    Deformatsiya metallning tashqi kuchlar ta‘siridan o‗z shakli va 
    o‗lchamlarini o‗zgartirishidir. Cho‗zilish, siqilish, egilish, buralish, 


    21 
    qirqilish deformatsiyalari bo‗ladi. Ular metallni yemiradi, qoldiq 
    deformatsiyalarga yo‗l qo‗ymaslik uchun metallarning mexanik xossa-
    larini bilish zarur. Hozirgi zamon sinash usullari bu xossalarining 
    tavsifnomalarini, hamda ularning turli mashina va mexanizmlar 
    tayyorlash uchun yaroqligini aniqlash imkonini beradi. 
    Metallarning asosiy mexanik xossalarga mustahkamlik, qattiqlik, 
    elastiklik, zarbiy qovushqoqlik kiradi. 
    Mustahkamlik – metallning kuchlar ta‘siri ostida yemirilishga yoki 
    qoldiq deformatsiya paydo bo‗lishiga qarshilik ko‗rsatish xususiyatidir. 
    Solishtirma mustahkamlik katta ahamiyatga ega, u mustahkamlik 
    chegarasining metall zichligiga nisbati sifatida topiladi. Po‗latning 
    mustahkamlik chegarasi alyuminiynikidan katta, lekin solishtirma 
    mustahkamligi kichik. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish