O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/53
Sana22.11.2023
Hajmi1,97 Mb.
#103279
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
Materialshunoslikning fundamental asoslari

Fizik xossalari. Metall va qotishmalarning fizikaviy xossalariga 
uning rangi, zichligi, suyuqlanish temperaturasi, issiqlik o‗tkazuvchan-
ligi, issiqlikdan kengayuvchanligi, issiqlik sig‗imi, elektr o‗tkazuvchan-
ligi, magnit xossalari va boshqalar kiradi.
Metallning rangi deb, metallning unga tushgan yorug‗lik nurlarini 
qaytara olish xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis qizg‗ish ranglarni, al-
yuminiy kumushsimon oq ranglarni qaytaradi. 
Metallning zichligi hajm birligida joylashgan massa bilan 
xarakterlanadi. Zichligiga ko‗ra barcha metallar yengil va og‗ir turlarga 
bo‗linadi. Turli buyumlar yaratishda metall zichligi muhim rol o‗ynaydi. 
Masalan, samolyot va raketasozlikda juda yengil metall va qotishma-
lardan (alyuminiy, berilliy, magniy, titan qotishmalardan) foydalanishga 
harakat qilinadi. Bu buyum massasini kamaytirish imkonini beradi. 
Metallning suyuqlanish temperaturasi deb, uni qattiq holatdan 
suyuq holatga o‗tadigan temperaturasiga aytiladi. Suyuqlanish tempera-
turasiga qarab, metallar qiyin suyuqlanadigan (volfram 3416

C, tantal 
2950

C, titan 1725

C va boshqalar) va oson suyuqlanadigan (qalay 
232

C, qo‗rg‗oshin 327

C, rux 419

C, alyuminiy 660

C) metallarga 
bo‗linadi. Quyma buyumlar, payvandlanadigan va kavsharlanadigan bi-
rikmalar termoelektrik asboblar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun 
metall tanlashda suyuqlanish temperaturasi katta ahamiyatga ega. 
Metallning issiqlik o„tkazuvchanligi deb, uning ko‗p qizigan qismi-
dan kam qizigan qismiga issiqlik o‗tkazish xususiyatiga aytiladi. Ku-
mush, mis, alyuminiy kabi metallar yaxshi issiqlik o‗tkazuvchandir. 
Temirning issiqlik o‗tkazuvchanligi alyuminiyga nisbatan uch marta, 
misga nisbatan besh marta kichikdir. Detal va buyumlar uchun material 
tanlashda issiqlik o‗tkazuvchanlik muhimdir. 
Mashinalarning ayrim detallari (dvigatellarning porshenlari, turbine-
larning kurakchalari) issiqlikni yaxshi o‗tkazadigan materiallardan tay-
yorlanishi kerak. 
Metallning issiqlikdan kengayuvchanligi, qizdirilganda uning 
o‗lchamlarining kattalishish, sovitilganda esa kichrayishi bilan bog‗liq 
bo‗lgan chiziqli kengayish koeffitsienti bilan xarakterlanadi: 
(ℓ
2 - 

1


=
__________________

[ℓ

(ℓ
2
– t
1
)] 


17 
Bu yerda ℓ
1
va ℓ
2
- jismning t
1
va t

haroratlardagi uzunligi. Hajmiy 
kengayish koeffitsienti 3 

ga teng. Metallarning issiqlikdan kenga-
yuvchanligi payvandlashda, bolg‗alashda hamda qizdirib hajmiy 
shtamplashda, quyish qoliplari, shtamplar, prokat juvalari, kalibrlar 
tayyorlashda, hamda priborlar yig‗ishda, ko‗prik termalar qurishda, 
temir yo‗l relslarini yotqizishda hisobga olinishi lozim. 
Metallning issiqlik sig„imi deb, u qizdirilganda uning ma‘lum miq-
dordagi issiqlikni yutish xususiyatiga aytiladi. Issiqlik sig‗imi J/

K bilan 
o‗lchanadi. Turli metallarning issiqlik sig‗imi miqdoriga qarab solish-
tiriladi. Solishtirma issiqlik sig‗imi 1 kg metall temperaturasini 1

C ga 
ko‗tarish uchun kerak bo‗ladigan, katta kaloriyada ifodalangan issiqlik 
miqdoridir.

Download 1,97 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish