a-ma‟lum burchakka egish; b-tomonlari parallel bo„lguncha egish




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/53
Sana22.11.2023
Hajmi1,97 Mb.
#103279
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
Bog'liq
Materialshunoslikning fundamental asoslari

a-ma‟lum burchakka egish; b-tomonlari parallel bo„lguncha egish; 
d- tomonlari tutashguncha egish; e-trubalarni pachoqlanishga 
sinash 
yuqori ish unumi, samaradorlik va puxtalikni ta‘minlovchi asosiy 
jarayon hisoblanadi. 
Bog„lanuvchanlik deb, metallning bosim ostida bog‗lanib va 
prokatlanib ishlanuvchanlik xossasiga, ya‘ni qizdirilgan holatda yoki 
sovuqlayin zarb yoki bosim ta‘sirida kerakli shaklga kirish xususiyatiga 
aytiladi. 
Ishlanuvchanlik deb, metallning kesib ishlov berish mumkinlik 
xossasiga aytiladi.
Ko‗pincha metallning texnologik xossalariga sifatli yoki solishtirma 
baho berish uchun texnologik namunalardan foydalaniladi (3.1-rasm). 
Namunalarni sinash metallning aniq ish sharoitidagi kabi deformatsi-
yaga uchrash xususiyatini ko‗rsatadi. Egilish, o‗ralish, siqib chiqarish va 
cho‗kishga sinash namunalari shunday namunalar hisoblanadi. Yassi, 
shakldor va maxsus prokatlar, trubalar, payvand choklarni tayyorlashda 
darzlar, yorilish hamda sinashlarning oldini olish maqsadida egilishga 
sinash uchun namunalar tayyorlanadi. Namunalarni ma‘lum burchakka, 
tomonlari parallel bo‗lguncha, tomonlari tutashguncha egish xillari 
bo‗ladi (3.1-rasm). 
Shuningdek, trubalarni pachoqlanishga sinash uchun ham namu-
nalar tayyorlanadi (3.1-rasm). O‗ralishga sinash uchun namunalar dia-
metri 0,2 dan 10 mm gacha bo‗lgan qora va rangli metalldan yasalgan 
simlar uchun yasaladi. Sim bo‗lagi diametri ma‘lum opravkaga yoki 
xuddi shunday simga 5 tadan 10 tagacha o‗ram hosil bo‗lguncha 
o‗raladi. Siqib chiqarishga mo‗ljallangan namuna metallning sovuq 
xolda shtamplash va cho‗zishga yaroqligini aniqlash uchun xizmat 
qiladi. Cho‗kishga sinash namunasi sovuq metallning sinalishida kerakli 
shaklni olishga yaroqligini aniqlash imkonini beradi. 


19 
Materiallarning quymakorlik xossalari ularning darzsiz, bo‗shliqsiz 
va boshqa nuqsonlarsiz quyma hosil qila olish xususiyatini xarakter-
laydi. Asosiy quymakorlik xossalariga suyuq holatdagi oquvchanlik, 
kirishuvchanlik va kimyoviy notekislik (likvatsiya) kiradi. 
Suyuq holatda oquvchanlik suyultirilgan metallning quyish qolipi 
bo‗shlig‗ini yaxshi to‗ldirish xususiyatidir. 
Kristallanishda kirishuvchanlik suyuq holatdan qattiq holatga 
o‗tishda, metall hajmining kamayishidir: u quymalarda kirishuvchanlik 
bo‗shliqari va g‗ovaklari hosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi. 
Kimyoviy notekis (likvatsiya) qotishmalarning kristallanishida 
paydo bo‗ladigan kimyoviy tarkibning bir jinsli emasligidir. Bu qotish-
malar toza metallarga qaraganda, qat‘iy bir temperaturada emas, balki 
temperatura oralig‗ida kristallanishi bilan tushuntiriladi. Qotishmaning 
kristallanish temperatura intervali qancha katta bo‗lsa, kimyoviy no-
tekislik shuncha tez rivojlanadi, bunda kristallanish temperatura ora-
lig‗iga yuklanish ta‘sir qiladigan qotishma komponentlari (po‗lat uchun 
S, O
2
, P, S) kimyoviy notekislikka ko‗proq moyil bo‗ladi. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



a-ma‟lum burchakka egish; b-tomonlari parallel bo„lguncha egish

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish