|
- rasm. Kristallning dendrit o„sishi sxemasiBog'liq Materialshunoslikning fundamental asoslari2.3 - rasm. Kristallning dendrit o„sishi sxemasi
Quymaning eng oxirida soviydigan yuqori qismida sovish jarayoni-
da metall hajmining kichrayishi oqibatida, cho‗kish chuqurchasi (6)
paydo bo‗ladi. Cho‗kish chuqurchasi ostidagi zonada (5) metall cho‗kish
g‗ovaklari ko‗p bo‗lganligidan quymada zichligi kichik bo‗lgan zona
hosil bo‗ladi. Buyum olish uchun quymaning cho‗kish chuqurchasi
hamda zichligi kichik bo‗lgan qismi olib tashlanadi. Olib tashlangan
qism qayta eritishda foydalaniladi.
Ba‘zi metallarda faza kristall panjaralar barqaror bo‗lmaydi. Ular
ikkita va undan ham ko‗p shakllarga ega bo‗lishi mumkin. Bu o‗zgarish
temperatura, bosimning o‗zgarishi va boshqa aralashmalar borligi tufayli
sodir bo‗lishi mumkin.
Bitta metallning turli shakllardagi kristall panjaralarga ega
bo‗lishiga allotropiya deyiladi. Allotropik o‗zgarishlar temir, qalay,
titan, kobalt kabi metallarda sodir bo‗ladi. Mis, alyuminiyda allotropik
o‗zgarishlar sodir bo‗lmaydi.
Allotropiyaning mohiyati shundan iboratki, qizdirilganda qattiq
metallda yangi kristallanish markazlari paydo bo‗ladi. Bu esa yangi
panjara paydo bo‗lishiga olib keladi. Panjara hosil bo‗layotganda u
qizdirilsa, issiqlik yutiladi, sovitilganda esa issiqlik ajralib chiqadi.
Shuning uchun kristall panjara shakllanganda harorat o‗zgarmas qoladi,
egri chiziqdagi to‗g‗ri uchastka bu holatga mos keladi (2.5- rasm).
Temirdagi allotropik o‗zgarishlar texnikada muhim ahamiyatga ega.
Suyultirilgan toza temirning xona haroratigacha sovitish egri chiziqlari
13
a) b)
2.4 - rasm. Po„lat quymaning tuzilish sxemasi:
a-quymaning tashqi qismida dendritlarning joylashishi,
b-quymaning tuzilishi;
1-qolip devori, 2-mayda teng o„qli kristallar, 3-daraxtsimon
|
| |