1.1-rasm. Temir-sementning xolat diagrammasi (sodda ko„rinishda) A-austenit, П-perlit, Л-ledeburit, Ф-ferrit, Ц-sementit Diagrammaning AGSE qismida austenit bo‗ladi. Qotishma
sovitilganda austenit GS chizig‗iga mos keluvchi haroratlarda ferritni,
SE chizig‗iga mos keluvchi temperaturalarda esa ikkilamchi deb ata-
ladigan sementitni ajratib chiqarib parchalaydi. Ikkilamchi sementit deb qotishmadan ajralib chiqadigan birlamchi sementitdan farqli ravish-
da, qattiq eritmadan ajralib chiqadigan sementitga aytiladi. Diagram-
maning GSP qismida ferrit va parchalanadigan austenit aralashmasi
bo‗ladi. GP chizig‗idan pastda, faqat ferrit bo‗ladi. PQ chizig‗iga mos
keluvchi haroratgacha sovitilganda ferritdan uchlamchi sementit ajralib
chiqadi. PQ chizig‗i temperatura pasayishi bilan ferritda uglerodning
eruvchanligi (727°C temperaturada), 002% dan (xona temperaturasida)
0,005% gacha kamayishini ko‗rsatadi.
Kutilayotgan natija: Temir-uglerod sistemasidagi qotishmalarning
holat diagrammasini tahlil qilish asosida undagi fazalar miqdori aniqla-
nadi.
Amaliy mashg„ulot ishining batafsil rejasi va tushuntirish matni: 1. Berilgan temir –uglerod holat diagrammasini masshtabda chizish
va undagi fazalarni ko‗rsatish;
2. Temir-uglerod sistemasidagi qotishmalarning holat diagramma-
sidagi chiziqlarni o‗tkazish va kritik nuqtalarni aniqlash;
3. Sovush egri chizig‗ini chizish va uy haroratida faza o‗zgarish-
larini ko‗rsatish;
4. Temir-uglerod sistemasidagi qotishmalarning holat diagramma-
sidan fazalar miqdorini aniqlash.
8
Amaliy mashg„ulotni o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va jihozlar: Temir-uglerod sistemasidagi qotishmalarning holat diagrammasi,
masshtabli chizg‗ich, rangli qalamlar va ma‘lumotnomalar.