|
Amaliy mashg„ulotni o„tkazish qoidalari va xavfsizlik choralariBog'liq Materialshunoslikning fundamental asoslariAmaliy mashg„ulotni o„tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari:
Kafedraga tegishli laboratoriya xonalarida 12-14 ta talabaga
o‗tkaziladi. Amaliy mashg‗ulotni o‗tkazishda o‗rnatilgan tartibda xavf-
sizlik choralari ko‗riladi.
Nazorat savollari:
1. Temir-uglerod holat diagrammasini amaliy ahamiyati nimadan
iborat?
2. Temir-uglerod holat diagrammasidagi qanday faza tashkil
etuvchilarni bilasiz?
3. Temir-uglerod holat diagrammasidagi qanday struktura tashkil
etuvchilarni bilasiz?
4. Temir-uglerod sistemasidagi qotishmalarni sovutilganda sodir
bo‗ladigan qanday faza o‗zgarishlarni bilasiz?
5. Temir-uglerod sistemasidagi qotishmalar uchun ma‘lum bir
haroratlarda fazalar miqdori qanday aniqlanadi?
2 – AMALIY MASHG„ULOT
METALLAR VA ULAR QOTISHMALARINING
KRISTALLANISH JARAYONINI O„RGANISH
Amaliy mashg„ulotni o„tishdan maqsad: Qolipga quyilgan metall
yoki uning qotishmalarning sovib borishida kristallanish jarayonining
borishini o‘rganish yoki tuz eritmalarini kuzatish yordamida o‗rganish,
shu asosda donalar o‗lchamini, tartibini va zonalar hajmini boshqarish.
Amaliy mashg„ulotning mazmuni: Metall va qotishmalarning
suyuq holatdan qattiq holatga o‗tish jarayoni kristallanish deb ataladi.
Kristallanish bilan bog‗liq bo‗lgan o‗zgarishlar ko‗p jihatdan metal-
larning xossalarini belgilab beradi.
Kristallanish jarayonlari dastavval rus olimi Chernov D.K. tomoni-
dan o‗rganilgan edi. Kristallanishning mohiyati quyidagicha: suyuq
metallda atomlar uzluksiz harakatlanadi, temperatura pasayishi bilan
harakat sekinlashadi, atomlar o‗zaro yaqinlashadi va kristallanish mar-
kazlari deb ataladigan kristallarga guruhlanadi.
|
| |