34
8 – AMALIY MASHG„ULOT
NEOFOT-21 METALLOGRAFIK MIKROSKOPNI
TUZILISHINI O„RGANISH
Amaliy mashg„ulotni o„tishdan maqsad: NEOFOT-21 metallo-
grafik mikroskopni tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.
Amaliy mashg„ulotni mazmuni: Metall va qotishmalarning
tuzilishini makro va mikrotahlil, rentgen, shuningdek defektoskopiya
(rentgen, magnit, ultratovush va boshqa) usullari bilan tadqiqot qilinadi.
Makrotahlil (makroanaliz) usuli bilan makrostruktura, ya‘ni
oddiy
ko‗z bilan yoki lupa yordamida ko‗rinadigan struktura o‗rganiladi. Bun-
day yirik nuqsonlar, ya‘ni darzlar, cho‗kish chuqurchalari, gaz pufakcha-
lari va boshqalar, shuningdek aralashmalarning metallda notekis taqsim-
langanligi aniqlanadi. Makrostruktura yordamida metallning singan joyi
makroshlifi bo‗yicha o‗rganiladi. Makroshlif metall va qotishma namu-
nasi bo‗lib, uning bir tomoni jilvirlangan, yaxshilab yog‗dan tozalangan,
mahsus reaktivlar ta‘sir ettirilgan bo‗ladi va 5-10 marta kattalash-
tiriladigan lupa ostida yoki MIM-3, MBS -2 mikroskopda kuzatiladi.
Metall va uning qotishmalaridan mikrotahlil uchun makroshliflar
tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: Mikroshlif stanokda yoki
metall
qirqish arrasida kesib olinadi. Shlif tayyorlashda quyidagi o‗lchamlar
tavsiya etiladi, (agar namuna silindrik bo‗lsa) 12 mm yoki 12x12 mm.
Namunaning balandligi 10 – 15 mm. Kesib olingan namuna abraziv
charxda tozalanadi. Namunani tozalaganda o‗ta qizishi mumkin emas.
Tekislangan namuna jilvirlash qog‗ozi yordamida silliqlanadi, bunda
jilvirlash qog‗ozining 12-3 markasidan (uning donadorligi 125-20 mkm)
uning M40-M4 markasigacha (donadorligi 28-35 mkm)
namuna
yuzasida chiziqlar yo‗qolguncha tozalanadi. Jilvirlash qog‗ozi silliqlash
uchun to‗g‗ri tekislikka yotqiziladi. Eng kichik donali qog‗ozda
jilvirlangandan keyin namuna yuvilib, uning yuzasidagi qolgan
chiziqlarni yo‗qotish uchun yaltiratiladi. Namunaning yuzi aylanma
xarakat qiladigan usiga na‘mat yoki fetro
tortilgan disk yordamida
yaltiratiladi. Yaltirash davomida diskka xrom oksidining suvdagi ara-
lashmasi sepilib turiladi, alyuminiy oksidi mayda donali kukun ko‗ri-
nishda suritiladi. Reaktiv eritmasi ta‘sir ettirilmagan mikroshlifni yaltira-
tishdan keyin mikroskopda qaralsa, oq tekislikda ayrim qora dog‗lar
kulrang nuqtalar va chiziqlar ko‗rinadi. Bu dog‗ va chiziqlar turli xildagi
metall bo‗lmagan qo‗shimchalar (oksidlar,
sulfatlar, grafitlar va shlak-
lar) va yaltiratish davomida yo‗qolmagan notekisliklardir.
35
Metallning mikrostrukturasining ko‗rinishi uchun namunaga reak-
tivlar ta‘sir ettiriladi. Reaktiv ta‘sir ettirishdan oldin namunaning yuzasi
spirt bilan yuviladi, keyin mikrostrukturaning ko‗rinishi
uchun kerak
bo‗lgan vaqtda raektivga tushiriladi. Temir-uglerodli qotishmalarni
reaktiv ta‘sir ettirish uchun ko‗pincha azot kislotasining etil spirtdagi 4-5
foizli eritmasidan foydalaniladi.
NEOFOT-21 metallografik mikroskopni tuzilishi va ishlashi bilan
tanishiladi.