33
larni reaktiv ta‘sir ettirish uchun ko‗pincha
azot kislotasining etil
spirtdagi 4-5 foizli eritmasidan foydalaniladi.
MIM-7 metallografik mikroskopini tuzilishi va ishlashi bilan tani-
shiladi.
Kutilayotgan natija: Talabalar
MIM-7 metallografik mikroskopini
tuzilishi va ishlashi prinsipi bilan tanishiladilar.
Amaliy mashg„ulotining batafsil rejasi va tushuntirish matni:
1. Guruhdan har ikki talaba makroshliflar
tayyorlash uchun ikkitadan
namuna oladi;
2. Namunani silliqlash qattiq to‗g‗ri tekislikda va jilvirlash
qog‗ozining kerakli raqamlari mavjud bo‗lgan
ish joyida amalga
oshiriladi;
3. Silliqlash tugatilgandan keyin talaba shlifni tozalab yuvadi,
mikroshlifga raektiv ta‘sir ettiradi, mikroshlifni silliqlash stanogida
yaltiratiladi;
4. Tayyorlangan shliflarga reaktiv ta‘sir ettiriladi.
Mikroshlif azot
kislotasining etil spirtdagi 4-5 foizli eritmasida ta‘sirlantiriladi.
Ta‘sirlantirish vaqti 3 -5 sekund;
5. Reaktiv ta‘sir ettirilgandan keyin shliflar suvda yuviladi va filtr
qog‗ozi bilan quritiladi;
6. MIM-7 va MIM-8 metallografik
mikroskopining tuzilishi va
ishlashi prinsipi o‗rganiladi.