• Laboratoriya ishini mazmuni
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/53
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #103279
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Materialshunoslikning fundamental asoslari

    9 - LABORATORIYA ISHI 
    MATERIAL TANLASH VA DETALLARNING
     
    ISHLASH SHAROITIGA QARAB PUXTALIGINI 
     OSHIRISH TEXNOLOGIYASINI ANIQLASH 
     
    Laboratoriya ishni o„tishdan maqsad: Material tanlash va 
    detallarning ishlash sharoitiga qarab puxtaligini oshirish texnologiyasini 
    aniqlashni talabalar tomonidan o‗rganish. 


    72 
    Laboratoriya ishini mazmuni: Biron detal tayyorlash uchun 
    material tanlash – bu juda murakkab muammoni, ya‘ni ko‗p 
    o‗zgaruvchan parametrlarga ega bo‗lgan masala yechish demakdir. 
    Bunda materialning mexanik xossaslari, undan detal tayyorlash usuli, 
    tannarxi va ishlab chiqarishga sarflanadigan mablag‗ hisobga olinadi. 
    Sanoat korxonalarining amaliy faoliyatida yana boshqa omillar – 
    materialning noyobligi, shu materialdan detal tayyorlash uchun bor 
    imkoniyat, ya‘ni kerakli asbob uskunalarning bor-yo‗qligi ham hisobga 
    olinadi. Shuning uchun sanoat korxonalarida ularning ishlab chiqarish 
    sohasiga qa-rab aniq bir guruh materiallardan foydalanish odat bo‗lib 
    qolgan.
    Ko‗pchilik ma‘lumotlarda materiallar qo‗llanilish joylariga qarab 
    guruhlarga bo‗lingan, masalan: asbobsozlik, konstruksiyalar uchun, 
    zanglamas, temir yo‗l transportida qo‗llaniladigan, sharikopodshipniklar 
    uchun, prujina va ressoralar uchun qo‗llaniladigan po‗latlar va 
    boshqalar. Muxandis tayyorlanayotgan detalning ishlash sharotiga qarab 
    ana shu guruhlardan kerakli tanlab oladi. 
    Shuni esda tutmoq kerakki - material tanlashda birinchi navbatda 
    undan detal tayyorlash texnologiyasiga, ya‘ni korxonaning imkoniyatiga 
    ko‗proq ahamiyat berialadi. 
    Metall material tanlashda, ba‘zi hollarda birinchi bosqichda 
    materialning guruhini (asbobsozlik, konstruksion) aniqlash maqsadga 
    muvofiq bo‗ladi. 
    Material tanlash va uning puxtaligini oshirish usulini aniqlashda 
    maxsus sxemadan foydalanish tavsiya etiladi (sxemalar berialadi). Bu 
    sxemalarda materialning ikkita mezoni, ya‘ni ishlab chiqarish 
    texnologiyasi va materialning yoki detalning xossalari bo‗yicha tanlash 
    ko‗rsatilgan. Beriladigan sxemalardan shu holat ko‗rinadiki, har bir 
    guruh materiallar quyma yoki bosim ostida ishlov berilgan xomashyo 
    sifatida qo‗llaniladi. Demak detal tayyorlash uchun xomashyo material 
    tanlashda qotishmaning markasini tanlab olishda hisobga olinishi kerak. 
    Shunday qilib birinchi navbatda xomashyo material ishlab chiqarish 
    usuli tanlab olinadi. Undan so‗ng materiallarning guruhi tanlanadi. 
    Tabiiyki, ishlab chiqarish texnologiyasi kam xarajatli bo‗lmog‗i lozim. 
    Materialning guruhi tanlab olingandan keyin ma‘lumotnomalardan 
    materialdan talab qilingan mexanik va boshqa xossalariga qarab, uning 
    markasi aniqlanadi. Bunda materialning narxiga ahamiyat berish kerak. 


    73 
    Laboratoriya ishini bajarish jarayonida o‗qituvchi tomonidan 
    material va uning puxtaligini oshirish usulini tanlashni osonlashtira-
    digan boshqa sxema va usullar ham tavsiya etilishi mumkin.

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish