|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetiBog'liq Materialshunoslikning fundamental asoslariKutilayotgan natija: Talabalar MIM-8 metallografik mikroskopini
tuzilishi va ishlashi prinsipi bilan tanishiladilar.
Laboratoriya ishining batafsil rejasi va tushuntirish matni:
1. Guruhdan har ikki talaba makroshliflar tayyorlash uchun
ikkitadan namuna oladi;
2. Namunani silliqlash qattiq to‗g‗ri tekislikda va jilvirlash
qog‗ozining kerakli raqamlari mavjud bo‗lgan ish joyida amalga
oshiriladi;
3. Silliqlash tugatilgandan keyin talaba shlifni tozalab yuvadi,
mikroshlifga raektiv ta‘sir ettiradi, mikroshlifni silliqlash stanogida
yaltiratiladi;
4. Tayyorlangan shliflarga reaktiv ta‘sir ettiriladi. Mikroshlif azot
kislotasining etil spirtdagi 4-5 foizli eritmasida ta‘sirlantiriladi.
Ta‘sirlantirish vaqti 3 -5 sekund;
5. Reaktiv ta‘sir ettirilgandan keyin shliflar suvda yuviladi va filtr
qog‗ozi bilan quritiladi;
6. MIM-8 metallografik mikroskopining tuzilishi va ishlashi prinsipi
o‗rganiladi.
Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va
jihozlar: MIM-8 metallografik mikroskopi, turli metall va uning
qotishmalaridan namunalar, lupa, jilvirlash qog‗ozlari, abraziv charx,
temir qirqish arrasi, stanok filtr qog‗ozi va reaktiv - azot kislotasining
etil spirtdagi 4-5 foizli eritmasi.
Laboratoriya ishini o„tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari:
Laboratoriya ishini o‗tkazish kafedraga tegishli laboratoriya
xonalarida 12-14 ta talabaga o‗tkaziladi. Laboratoriya ishini o‗tkazishda
o‗rnatilgan tartibda xavfsizlik choralari ko‗riladi.
Nazorat savollari:
1. Mikroshlif nima?
2. Mikrostruktura tahlili deganda nimani tushunasiz?
3. MIM-8 metallografik mikroskopi qanday tuzilgan?
4. MIM-8 metallografik mikroskopi qanday ishlaydi?
5. MIM-8 metallografik mikroskopida nimalar o‗rganiladi?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
|