67
1. Guruhdan har ikki talaba makroshliflar
tayyorlash uchun
ikkitadan namuna oladi;
2. Namunani silliqlash qattiq to‗g‗ri
tekislikda va jilvirlash
qog‗ozining kerakli raqamlari mavjud bo‗lgan
ish joyida amalga
oshiriladi;
3. Silliqlash tugatilgandan keyin
talaba shlifni tozalab yuvadi,
makroshlifga raektiv ta‘sir ettiradi;
4. Tayyorlangan shliflar raektiv ta‘sir ettiriladi.
Makroshlif sulfat
kislotaning 10-15 foizli suvdagi
ikkilangan mis ammiak tuzi
aralashmasi bilan ta‘sirlantiriladi;
5. Raektiv ta‘sir ettirilgandan keyin shliflar
suvda yuviladi va filtr
qohozi bilan quritiladi.
Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va
jihozlar:
Turli metall va uning
qotishmalaridan namunalar,
lupa va boshqa
priborlar, jilvirlash qog‗ozlari, abraziv charx, temir qirqish arrasi, stanok
filtr qog‗ozi.
Laboratoriya ishini o„tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari:
Laboratoriya ishini o‗tkazish kafedraga tegishli laboratoriya
xonalarida 12-14 ta talabaga o‗tkaziladi. Laboratoriya ishini o‗tkazishda
o‗rnatilgan tartibda xavfsizlik choralari ko‗riladi.
Nazorat savollari:
1. Makroshlif nima?
2. Makrostruktura tahlili deganda nimani tushunasiz?
3. Makroshlif tayyorlash uchun nimalar kerak bo‗ladi?
4. Makroshlif qanday tayyorlanadi?
5. Reaktiv deganda nimani tushunasiz?
6. Makroshlif nimaga kerak?
7 - LABORATORIYA ISHI
MИM-8 METALLOGRAFIK MIKROSKOPNI
TUZILISHINI O„RGANISH
Laboratoriya ishni o„tishdan maqsad: MИM-8 metallografik
mikros-kopini tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.