O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/53
Sana22.11.2023
Hajmi1,97 Mb.
#103279
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
Materialshunoslikning fundamental asoslari

Laboratoriya ishini mazmuni: Metall va qotishmalarning 
tuzilishini makro va mikrotahlil, rentgen, shuningdek defektoskopiya 
(rentgen, magnit, ultratovush va boshqa) usullari bilan tadqiqot qilinadi. 


68 
Makrotahlil (makroanaliz) usuli bilan makrostruktura, ya‘ni oddiy 
ko‗z bilan yoki lupa yordamida ko‗rinadigan struktura o‗rganiladi. 
Bunday yirik nuqsonlar, ya‘ni darzlar, cho‗kish chuqurchalari, gaz 
pufakchalari va boshqalar, shuningdek aralashmalarning metallda 
notekis 
taqsimlanganligi 
aniqlanadi. 
Makrostruktura 
yordamida 
metallning singan joyi makroshlifi bo‗yicha o‗rganiladi. Makroshlif 
metall va qotishma namunasi bo‗lib, uning bir tomoni jilvirlangan, 
yaxshilab yog‗dan tozalangan, mahsus reaktivlar ta‘sir ettirilgan bo‗ladi 
va 5-10 marta kattalashtiriladigan lupa ostida yoki MBS-2 mikroskopda 
kuzatiladi. 
Metall va uning qotishmalaridan mikrotahlil uchun makroshliflar 
tayyorlash texnologiyasi quyidagicha: Mikroshlif stanokda yoki metall 
qirqish arrasida kesib olinadi. Shlif tayyorlashda quyidagi o‗lchamlar 
tavsiya etiladi, (agar namuna silindrik bo‗lsa) 12 mm yoki 12x12 mm. 
Namunaning balandligi 10 – 15 mm. Kesib olingan namuna abraziv 
charxda tozalanadi. Namunani tozalaganda o‗ta qizishi mumkin emas. 
Tekislangan namuna jilvirlash qog‗ozi yordamida silliqlanadi, bunda 
jilvirlash qog‗ozining 12-3 markasidan (uning donadorligi 125-20 mkm) 
uning M40-M4 markasigacha (donadorligi 28-35 mkm) namuna 
yuzasida chiziqlar yo‗qolguncha tozalanadi. Jilvirlash qog‗ozi silliqlash 
uchun to‗g‗ri tekislikka yotqiziladi. Eng kichik donali qog‗ozda 
jilvirlangandan keyin namuna yuvilib, uning yuzasidagi qolgan 
chiziqlarni yo‗qotish uchun yaltiratiladi. Namunaning yuzi aylanma 
harakat qiladigan ustiga na‘mat yoki fetro tortilgan disk yordamida 
yaltiratiladi. Yaltirash davomida diskka xrom oksidining suvdagi 
aralashmasi sepilib turiladi, alyuminiy oksidi mayda donali kukun 
ko‗rinishda suritiladi. Reaktiv eritmasi ta‘sir ettirilmagan mikroshlifni 
yaltiratishdan keyin mikroskopda qaralsa, oq tekislikda ayrim qora 
dog‗lar kulrang nuqtalar va chiziqlar ko‗rinadi. Bu dog‗ va chiziqlar turli 
xildagi metall bo‗lmagan qo‗shimchalar (oksidlar, sulfatlar, grafitlar va 
shlaklar) va yaltiratish davomida yo‗qolmagan notekisliklardir. 
Metallning mikrostrukturasining ko‗rinishi uchun namunaga 
raektiv-lar ta‘sir ettiriladi. Reaktiv ta‘sir ettirishdan oldin namunaning 
yuzasi spirt bilan yuviladi, keyin mikrostrukturaning ko‗rinishi uchun 
kerak 
bo‗lgan 
vaqtda 
raektivga 
tushiriladi. 
Temir-uglerodli 
qotishmalarni reaktiv ta‘sir ettirish uchun ko‗pincha azot kislotasining 
etil spirtdagi 4-5 foizli eritmasidan foydalaniladi. 
MIM-8 metallografik mikroskopini tuzilishi va ishlashi bilan 
tanishiladi. 


69 

Download 1,97 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish