71
2. Namunani silliqlash qattiq to‗g‗ri tekislikda va
jilvirlash
qog‗ozining kerakli raqamlari mavjud bo‗lgan
ish joyida amalga
oshiriladi;
3. Silliqlash tugatilgandan keyin talaba shlifni tozalab yuvadi,
makroshlifga reaktiv ta‘sir ettiradi, mikroshlifni silliqlash stanogida
yaltiratiladi;
3. Tayyorlangan shliflarga reaktiv ta‘sir ettiriladi.
Mikroshlif azot
kislotasining etil spirtdagi 4-5 foizli eritmasida ta‘sirlantiriladi.
Ta‘sirlantirish vaqti 3 -5 sekund;
4. Reaktiv ta‘sir ettirilgandan keyin shliflar suvda yuviladi va filtr
qog‗ozi bilan quritiladi.
5. Tayyorlangan namunalar MIM-3 mikroskopida
makrostrukturasi
o‗rganiladi.
Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va
jihozlar: Lupa yoki MIM-3, MBS-2
mikroskopi, turli metall va uning
qotishmala-ridan
namunalar, lupa va boshqa asboblar, jilvirlash
qog‗ozlari, abraziv charx,
temir qirqish arrasi, stanok filtr qog‗ozi va
reaktiv - azot kislotasining etil spirtdagi 4-5 foizli eritmasi.
Laboratoriya ishini o„tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari:
Laboratoriya ishini o‗tkazish kafedraga tegishli laboratoriya xonala-
rida 12-14 ta talabaga o‗tkaziladi. Laboratoriya ishini o‗tkazishda
o‗rnatilgan tartibda xavfsizlik choralari ko‗riladi.
Nazorat savollari:
1. Makroshlif nima?
2. Makrostruktura tahlili deganda nimani tushunasiz?
3. MIM-3 mikroskopi qanday tuzilgan?
4. MIM-3 mikroskopi qanday ishlaydi?
5. MIM-3 mikroskopida nimalar o‗rganiladi?