• Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va jihozlar
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/53
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #103279
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Materialshunoslikning fundamental asoslari

    Kutilayotgan natija: Talabalar aniq bir detal yoki zagotovkalar 
    uchun material tanlash va detallarning ishlash sharoitiga qarab 
    puxtaligini oshirish texnologiyasini aniqlashni o‗rganadilar. 
    Laboratoriya ishining batafsil rejasi va tushuntirish matni: 
    Laboratoriya ishini bajarishni batafsil rejasi quyidagi bosqich-
    lardan iborat: 
    1. Talaba o‗qituvchidan topshiriq (masala) oladi. Masalalar odinda 
    turli variantlarda berilgan bo‗ladi. Masalaning varianti talabaning 
    jurnaldagi tartib raqamiga mos qilib beriladi; 
    2. O‗qituvchi tomonidan berilgan sxemalardan foydalanib, birinchi 
    navbatda materialning guruhi aniqlanadi. Bunda albatta arzon, 
    ishlab chiqarish oson va kam harajatli bo‗lgan materialni tanlashga 
    xarakat qilinadi; 
    3. Materialning guruhi aniqlangandan so‗ng ma‘lumotnomalardan 
    yoki o‗quv qo‗llanmalaridan foydalanib qotishmaning detalga 
    qo‗yilgan talablarini to‗la qondira oladigan va arzon markasi tanlab 
    olinadi. Tanlangan materialga alternativ sifatida boshqa variantlarni 
    (qotishmaning boshqa turini) ham ko‗rsatish maqsadga muvofiq 
    hisoblanadi; 
    4. Agar qotishmadan mexanik xossasi yuqori bo‗lishi talab qilinsa, 
    uning puxtaligini oshirish texnologiyasi ham ko‗rsatilishi kerak. 
    Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va 
    jihozlar: Material tanlash kerak bo‗ladigan sxemalar, ma‘lumotnomalar 
    va o‗quv qo‗llanmalar, detal yoki zagotovkaga qo‗yilishi mumkin 
    bo‗lgan talablar, top-shiriq yoki masalalar variantlari. 
    Laboratoriya ishini o„tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari: 
    Laboratoriya ishini o‗tkazish kafedraga tegishli laboratoriya 
    xonalarida 12-14 ta talabaga o‗tkaziladi. Laboratoriya ishini o‗tkazishda 
    o‗rnatilgan tartibda xavfsizlik choralari ko‗riladi.
     
    Nazorat savollari: 
    1. Qotishma nima? 
    2. Detal yoki zagotovkalar uchun material tanlashda nimalarga e‘tibor 
    beriladi? 
    3. Qotishmaning markasi qaerdan olinadi? 
    4. Materialning puxtaligini oshirish deganda nimani tushunasiz? 


    74 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish