195
GLOSSARIY
Anionitlar – anionite –
o'z anionlarini almashtirish
qobiliyatiga ega
bo'lgan ion almashtiruvchi modda.
Anion – acid ion –
elektrolitning suvda eriganidan hosil bo'lgan
manfiy qutbli mayda zarrachalar (ionlar).
Analiz – Tahlil – analysis –
jism yoki birikmaning
tarkibiy qismini
aniqlash jarayoni.
Analizator – Tahlillagich – analyser –
modda miqdorini aniqlovchi
asbob.
Ajralish – extraction
– texnalogiya
jarayonlarida dastlabki
ashyolardan foydalanish darajasining ko'rsatkichi, ajralayotgan moddaning
olingan mahsulotdagi massasi uning dastlabki ashyodagi umumiy massaga
nisbati bilan aniqlanadi, foizlar hisobida.
Aktivator – Faollantiruvchi – activator –
reaktsiyaga kirishayotgan
moddalarning faolligini oshiruvchi modda.
Aktivatsiya – Faollantirish – activation –
moddaning
fizik-
kimyoviy faolligini oshirish.
Amalgama – amalgam –
a'zolaridan biri simob bo'lgan qotishma.
Amalgamatsiya – amalgamation –
rudalardan
metallarni simob
yordamida ajratib olish usuli.
Apparat – Dastgoh – apparatus –
jarayonlarni
amalga oshirish
uchun yasalgan qurilma, uskuna.