• Kalit so‘z
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/87
    Sana23.06.2024
    Hajmi39,03 Mb.
    #265243
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87
    Bog'liq
    NodirMM maruza

     
    Nazorat savollari 
    1.
    Elektron lomlardan qimmatbaho metallarni ajratib olish usullari 
    qanday? 
    2.
    Kompleks ajratib olish texnologiyasining afzalligi nimada? 
    3.
    Kompleks ajratib olishning eng maqul usuli qaysi? 
     
    28-ma’ruza 
    CHЕT EL DАVLАTLАRIDА ELЕKTRОN LОMNI QАYTА 
    ISHLАSH USULLАRI 
    Reja: 
    1.
    Elektron lomni qayta ishlashning asosiy usullari. 
    2.
    Elektron lomni yanchishda kreon usuli. 
    3.
    Eng samarali qayta ishlash usuli. 
    Kalit so‘z: 
    havoli separator, engil fraksiyali separator, og‘ir 
    fraksiyali sepataror, azot yordamida muzlatish. 
    Elektron lomlarni qayta ishlashning to‘rtta ususli mavjud: 
    1)
    mexanik; 
    2)
    gidrometallurgik; 
    3)
    mexanik-gidrometallurgik; 
    4)
    keyinchalik erish uchun kuydirish. 
    Yuqorida keltirilgan usullar yordamida elektron lomlarni aralash 
    yoki alohida-alohida qilib qayta ishlash mumkin. 


    192 
    Amaliyotda barcha korxonalar electron lomlarni qayta ishlashning 
    aralash usulidan foydalanishadi. Yuqorida keltirilgan usullar yordamida 
    elektron lomlarni qayta ishlovchi chet el davlatlari quydafilardir: G‘arbiy 
    Yevroppa, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Shetsyariya va boshqalar. 
    Chet el korxonalarining ma’lumotlarini tahlil qilib shuni aytish 
    mumkinki, korxonaning samarali ishlashida olingan nodir metallarning 
    toza holda olinishidir. 
    “Galika” (Shvetsariya) korxonasining elektron lomlardan nodir 
    metallarni ajratib olishida boyitilgan lomni eritish usuli bilan amalga 
    oshiradi. 
    “Schneck” korxonasi kompyuter mikro-sxemalari, panellar, bosma 
    platalar, ulovchi moslamalar va boshqa elektron lomlarda nodir metallarni 
    ajratib olishning texnologiyasi hamda qurilmasini ishlab chiqqan. Unga 
    ko‘ra daslab elektron lom ikkivallik maydalagich yordamida maydalanadi, 
    konveyr lentalar yordamida magnit separator uchastkasiga uzatiladi. U 
    yerda temir tarkibli metallar ajratib tashlanadi. Temir birikmalaridan 
    tozalangan xom ashyo shnekli muzlatkich yordamida azor bilan muzladi. 
    Azot bilan muzlatishdan maqsad xom ashyoning mo‘rtligi oshirish va 
    yanchish tegirmonlarida yaxshi yanchilishidir. Shnekli muzlatgichda azot 
    bilan muzlatish -190
    0
    C oralig’ida olib boriladi. Muzlatilgan xom ashyo 
    bolg‘ali tegirmonda +0 – 3 mm gacha yanchiladi, bu esa plastmassa va 
    nodir metallani bir biridan aniq va to‘liq ajratib olish imkonini beradi. 
    Ushbu texnologiyani ikkilamchi mis metallurgiyasida kabel similar 
    qoldiqlaridan misni ajratib olishda ham qo‘llash mumkin. 
    Qurilmaning ishlab chiqarish unumdorligi 250kg/soat. Elekt 
    energiyaning umumiy sarflanishi 200 kVt, azotning sarfi esa 0,5-1,522 m
    3
    1 kg lom uchun. 
    AQShning yana bir korxonasi elektron lomdan nodir metallarni 
    ajratib olishda quyidagi texnologiyani qo‘llaydi: bolg‘ali yanchish 
    dastgohida ikki bosqichli yanchish jarayoni, havoli separator, kuchsiz 
    kuchlanishli separator (temir birikmalarini ajratish uchun), kuchli 
    kuchlanishli separator (latunni ajratish uchun), elash, uyurma tok 
    yordamida separatsiyalash va magnitodinamik separatsiyalash. 


    193 
    Ferromagnit metallar separator yordamida ajratiladi, yengil 
    fraksiyalar havoli separator yordamida ajratiladi, nometall fraksiyalarni 
    qayta ishlashda uyurma tokli separatordan foydalanib nometall va qolgan 
    metallar ajratib olinadi. 
    Turli elektronika va elektrotexnika buyumlaridan nodir metallarni 
    “Valmet” texnologiyasi orqali ajratib olish uch bosqichda amalga 
    oshiriladi: 
    -
    avtomatik tarzda ishlaydigan press-qaychilar yordamida maydalash, 
    yanchish, uch fraksiyaga ajratish (qora metallar, rangli va nodir 
    metallar, nometallar); 
    -
    rangli va nodir metallarni ajratish; 
    -
    nodir metallar, mis, qo‘rg‘oshin va qalayni tozalash (rafinirlash). 
    Rangli va nodir metallarni ajratish gidrometallurgik usul bilan amalga 
    oshirilib, undagi nodir metallarning ulushi 50%da ko‘pni tashkil etadi. 
    Asosiy boradigan gidrometallurgik jarayon elektroliz usulida yoki 
    kimyoviy cho‘ktirish orqali amalga oshiriladi. Bu usullar bilan 70% oltin 
    va 90% kumush ajratib olinadi. 
    Sirtiga nodir metallar bilan ishlov berilgan tranzistorlar hamda tok 
    o‘tkazuvchilarni qayta ishlashda ularga nitrat kislota tashkil etiladi, buning 
    natijasida faqat mis erib eritmaga o‘tadi va keyinchalik eritmadan mis 
    ajratilib olinadi. 
    Gidrometallurgik qayta ishlashga mo‘ljallangan dastgohlarning ichki 
    qismi maxsus qoplamalar bilan qoplangan bo‘lib (plastikmassa, zanglamas 
    po‘lat yoki oynavand po‘lat) 60 – 80
    0
    C haroratga chidamli bo‘lishi lozim. 
    “Inter Recycling” korxonasi kompyuter lomlarini maydalovchi 
    hamda separatsiyalovchi maxsus dastrgohni ishlab chiqdi va tajriba 
    sinovidan o‘tkazdi. 
    Dast avval kompyuter o‘z navbatida qo‘l mehnati orqali qismlarga 
    bo‘linadi. Plastikmassa qismi alohida plata qismi alohida va hakozo. 
    Plata qismi birinchi rotorli maydalagich yordamida maydalanadi, keyin 
    maydalangan bo‘laklar turli separatorlardan o‘tkaziladi. 
    Separatsiya bosqichlaridan o‘tkazilgandan so‘gidrometallurgik qayat 
    ishlashga yuklanadi.Xomashyo tarkibidan mis, nikel, alyuminiy ajratib 
    olinadi. Mis bilan birga nodir metallar ham ajratib olinadi. Qayta ishlash 


    194 
    unumdorligini oshirish uchun elektriliklar qayta harakatlantirilishini 
    oshirtiriladi. Tajriba datsgohi yig‘ib qurishga qulayligi va boshqarish 
    osonligi bilan ajralib turadi. Qurilmaning ishlab chiqarish unumdorligi 5 
    tonna smenasiga. 
    1 tonna G‘arbiy Amerika kompyuter lomlari tarkibida oltinning 
    miqdori 700 grammgacha boradi, televizorlari tarkibida esa 30 gramm 
    oltin va 300 gramm kumush mavjuddir. 

    Download 39,03 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87




    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish