178
24-ma’ruza
AFFINAJLASHNING KISLOTALI USULLARI
Reja:
1.
Oltin va kumushning kislotali affinajlash usulining mohiyati.
2.
Kislotali affinajlashda unsur elementlarning ta’siri.
3.
Kislotali affinajlashda ishlatiladigan kislotalar.
Kalit so‘zlar:
kislotali affinaj, cho‘kmaga cho‘kish, nitrat kislota,
konsentrlangan sul’fat kislota, selitra.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki nodir
metallar qotishmalarni
har xil kislotalar bilan qayta ishlashga asoslangan. Shu bilan bir qatorda
qo’shimchalar va nodir metallardan biri eritma tarkibiga o’tadi,
ikkinchi
metall eritmaga erimay cho’kma holiga o’tadi.
Nitrat kislota bilan tozalash usuli kumushni tanlab eritish jarayoniga
asoslangan. Metallarni to’liq ajratib olish uchun qotishmadagi oltinning
miqdori kumushning miqdoridan ikki marta ko’proq bo’lishi kerak.
Shunday sharoitdagina qotishmani issiq nitrat
kislota bilan qayta ishlash
kumushni tuliq eritmaga o’tishiga va oltinni cho’kma holida qolib
ketishiga olib keladi.
Qo’shimchalar, ya'ni mis, qo’rg’oshin,
platina va palladiy eritma
tarkibiga o’tadi. Agar qotishma tarkibida qalay, surma yoki mishyak bo’lsa
u holda avval selitra yordamida yuqori haroratda eritiladi,
yoki shu
metallardan tozalash uchun kupelyatsiya(metallarni erish harorati farqi
asosida ajratilishi) qilinadi.
Eritma tarkibiga o’tgan kumush xlorid ko’rinishida cho’ktiriladi va
metall holidagi rux yoki temir yordamida
qaytariladi va quyma
ko’rinishida quyiladi. Oltin cho’kmasi yuviladi,
quritiladi va quyma
holida quyiladi. Oltinni tozalik darajasi 99,8% gacha yetkazilishi mumkin.
Qotishmani
eritish
uchun
nitrat
kislota
eritmasi
o’rniga
konsentrlangan sulfat kislotasi ishlatilishi mumkin. Bunda qotishma
tarkibidagi oltinning miqdori kumushni miqdoridan 3 marta ko’p bo’lishi
kerak, misning miqdori esa 7,5 %dan oshmasligi kerak.
Teskari holatda
mis sulfat tuzi hosil bo’ladi va mis yuzasini qoplab erish jarayonini
179
to’xtatadi. Shuning uchun qo’rg’oshinning qotishmadagi miqdori 0,25
%dan oshmasligi kerak.