Nazorat savollari:
1. Ikkilamchi oltin tarkibli xom-ashyolar qanday xususiyatlarga ega?
2. Sinab ko’rish uslining asosiy vazifasi nima?
3. Ikkilamchi oltin tarkibli xom-ashyolar qaysi usullarda qayta
ishlanadi?
183
26-ma’ruza
ELEKTRON LOMDAN OLTIN VA KUMUSHNI AJRATIB OLISH
Reja:
1.
Tarkibida oltin va kumushi bo‘lgan elektron lomlar.
2.
Oltin tarkibli elektron lomlar.
3.
Kumush tarkibli elektron lomlar.
Kalit so‘zlar:
elektron lomlar, temir-tersak chiqindilar, kukunsimon
lomlar, kinoplyonka va fotoqog‘oz chiqindilari.
Tarkibida nodir metallar bo‘lgan temir tersak va chiqindilarni asosiy
xususiyatlariga, ularni juda keng nomeklaturasi, tarkibidagi ajratib
olinadigan metallar miqdorini keng intervalda o‘zgarishi, yo‘ldosh
elementlarni tarkibida metall va nometall qo‘shimchalarni rang-barangligi
kiradi.
Ishlab chiqarishda kumush, oltin, platina metallarini temir-tersaklari va
chiqindilari keng tarqalgan.
Tarkibida kumush bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarga quyidagi
xomashyolar kiradi:
-
kumush-ruxli va kumush-kadmiyli akkumulyator, hamda kumush-
magniyli elementlarni temir-tersak va chiqindilari;
-
elektr kontaktlarni temir-tersak va chiqindilari;
-
kukunli metallurgiya usulida olingan, tarkibida kumush bo‘lgan
buyumlarni (metall-keramika kontaktlar) temir-tersak va chiqindilari;
-
tarkibida 70-80 foizgacha kumush bo‘lgan, ishlatilgan kumush
katalizatorlar;
-
tarkibida 0,5-20 foiz kumush bo‘lgan, kumushga to‘yintirilgan,
ishlatilgan materiallar (pemza, kvarsli kum, changlar, pudralar,
matolar, paxta va boshqalar);
-
eritmalardan va kumushlash jarayonidan qolgan, ishlatilgan
elektrolitlardan alyuminiy yoki rux bilan sementatsiyalab ajratib
olishda hosil bo‘ladigan metallik kumush shlamlari (kumush mikdori
2 dan 9 foizgacha);
-
kumush bilan qoplangan metall (temir, po‘lat, volfram, molibden,
184
rangli metallar qotishmalari) va nometall (oyna, plastmassalar,
keramika) buyumlarning temir-tersak va chiqindilari;
-
metallarning va nometallarning kukunlari (kumush miqdori 10-99,9
foiz);
-
turli xil buyum va detallar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan
tarkibida kumush bo‘lgan chiqindilar (kumush miqdori 60
foizgacha), hamda ushbu chiqindilardan eritib olingan quymalar;
-
tarkibida metall kumush bo‘lgan foto chiqindilarni kuydirishdan
hosil bo‘lgan kullar;
-
tarkibida metallik (kolloid) kumush bo‘lgan, ishlatilgan va muddatini
o‘tagan kino va fotomateriallar;
-
fiksaj eritmalardan (tarkibida 30-50 foiz Ag) metallarni ajratib
olishda hosil bo‘ladigan kumush sulfidlari (ayrim hollarda metall
kumush bilan aralashgan birikmalar);
-
kinoplyonka
va
fotoqogoz
fabrikalarining
kumushni
regeneratsiyalash sexlarida olinadigan kumush bromid, kumush
radonit va kumush xlorid cho‘kmalari. Bu cho‘kmalar tarkibida 35-
50 foiz Ag bo‘ladi.
Tarkibida oltin bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarga quyidagi
xomashyolar kiradi.
1.
Eritmalardan
va
oltinlash
jarayonidan
qolgan,
ishlatilgan
elektrolitlardan alyuminiy yoki rux bilan sementatsiyalab ajratib
olishda hosil bo‘ladigan metallik oltin shlamlari (oltin miqdori 2 dan
9 foizgacha).
2.
Oltin bilan qoplangan metall (temir, po‘lat, rangli metallar
qotishmalari) va nometall (plastmassalar, keramika) buyumlarning
temir-tersak va chiqindilari;
3.
Metallarning va nometallarning kukunlari (oltin miqdori 10-99,9
foiz);
4.
Turli xil buyum va detallar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan
tarkibida oltin bo‘lgan chiqindilar (oltin miqdori 58,7 foizgacha),
hamda ushbu chiqindilardan eritib olingan quymalar;
5.
Zargarlik buyumlariga sayqallab ishlov berishda hosil bo‘- ladigan
chiqindilar (tarkibida oltin mikdori 10 foizgacha)
185
Qimmatbaho metallar ikkilamchi metallurgiyasining o‘ziga xosligi
shundan iboratki, ikkilamchi xom-ashyolarning fizikaviy shakli va
kimyoviy tarkibining xilma xilligidir.
Aksariyat xollarda qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning
chiqindilari birlamchi metall (oltin, kumush, platina) olinadigan rudalarga
qaraganda boy tarkibga ega bo‘ladi. SHuning uchun bunday chiqindilarni
qayta ishlash rudalarni qayta ishlagandan foydaliroqdir.
Xattoki tarkibida kam mikdorda qimmatbaho metallar bo‘lgan
chiqindilarni qayta ishlash metallarning qiymati nuqtai nazaridan
olinganda rentabellidir.
Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan ikkilamchi xomashyoning asosiy
ta’minlovchilari rangli metallurgiya, asboblar ishlab chiqarish va
elektronika sanoatlaridir. Barcha xomashyolarni quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
-
oltin tarkibli qotishmalar (50-60% Au);
-
elektrotexnika va elektronika sanoatining yaroqsiz holga kelgan
detallari (0,3 dan 20% gacha Au). Bu detallarda oltin metall,
plastmassa, keramika yoki metallokeramikalarning ustki qatlamiga
yupqa qatlamlarda qoplangan holatda bo‘ladi;
-
poroshok holatidagi "sochiluvchan” chiqindilar: farfor ishlab
chiqarishda hosil bo‘ladigan metall tarkibli kullar (25 - 35% Au),
elektroliz jarayonida hosil bo‘ladigan kukunlar (zola) (15 - 25% Au),
zargarlik buyumlariga sayqallab ishlov berish natijasida hosil
bo‘ladigan chiqindilar (5-10% Au).
Tarkibida kumush mavjud bo‘lgan ikkilamchi xomashyoning asosiy
ta’minlovchilari foto va kinosanoat, kimyo, elektrotexnika va radiosanoati,
oyna, soat va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, davolash
muassalaridir. Foto va kinosanoatnig kumush tarkibli chiqindilari
tayyorlash, ishlov berish jarayonlarida va yorug‘likni sezuvchan
materiallarning buzilishi natijasida yoki kinolenta va fotomahsulotlarning
emirilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Qayta ishlashga quyidagi asosiy kumush tarkibli xomashyolar kelib
tushadi: %
-
bromli kumush 35-66;
186
-
oltingugurtli kumush 45-65;
-
kinosanoatnig kumush tarkibli kukunlari (zola) 45-22;
-
fotoqogoz kukunlari 1,2-7;
-
fotmahsulotlar kukunlari < 0,5.
Kimyo sanoatining chiqindilari ishlatilib bo‘lingan kontaktlar shaklida
(20-80% Ag); shlamlar shaklida (60% dan 80% gacha Ag); kumushli
jihozlar chiqindilari (20-25% Ag).
Oynasozlik sanoatida kumush tarkibli chiqindilarning asosiy qismi
oynalarni kumushlash jaryonida, archa uchun bezakli uyinchokdar
yasashda hosil bo‘ladi.
Oynasozlik sanoatida kumush tarkibli quyidagi chiqindilar hosil bo‘ladi: %
-
oyna siniqlari 0,05-0,2;
-
archa uchun bezakli o‘yinchokdarning siniklari 0,2-0,5:
-
kumush ko‘zalarning siniqlari 10-25;
-
kumushli idishlarning siniqari va parchalari 40-60;
-
oynalarni kumushlash jarayoni uchun tayyorlangan eritmalardan
cho‘ktirish natijasida hosil bo‘lgan kumushning oltingugurtli
aralashmasi 40-60.
Poligrafiya sanoatining quyidagi chiqindilari tarkibida ham kumush
bo‘ladi: %
-
kumush sulfid 45-64;
-
fotoqogoz va fotomahsulotlarning chiqitlari 0,4-4;
-
kumush xlorid < 50.
Qimmatbaho metallarga ishlov beruvchi zargarlik ustaxonalari va
zavodlarining chiqindilarini, tarkibidagi kumush miqdoriga va hosil
bo‘lish sharoitiga qarab guruhlarga ajratish mumkin: %
-
qimmatbaho metallarni eritish jarayonida 0,5-7,0;
-
mexanik ishlov berish jarayonida 0,05-3,0;
-
kumushga kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish natijasida
hosil bo‘ladigan chiqindilar 0,05-10.
Soatsozlik sanoati tarkibida kumush bo‘lgan quyidagi chiqitlarni qayta
ishlashga jo‘natadi: %
-
kumush tarkibli kavsharlash materiallari 15-99;
-
kumush kontaktlar 20-80; qipiq va qirindilar 10-70.
187
Davolash muassalaridan kumushni ajratish uchun quyidagi
chiqindilar qayta ishlashga jo‘natiladi:%
-
rentgen plyonkalari va fotomahsulot qoldiqlari 0,5-50;
kumush sulfidi 45-65.
Qayta ishlanayotgan, tarkibida kumush (30-40%gacha Ag) bo‘lgan
xomashyoning katta qismi sanoatning elektronika va elektrotexnika
tarmoqlari chiqindilariga to‘g‘ri keladi. Bular:
-
ishdan chiqqan kumush - ruxli va kumush - kadmiyli
akkumulyatorlar (30-60%);
-
kontakt-kotishmalar, kumush tarkibli kavsharlash materiallari (5 dan
99% gacha);
-
metallokeramik kompozitsiyalar (25-30%).
Qimmatbaho metallarning barcha chiqindilarini ikki turga
bo‘lish mumkin:
1.
Metall xolatdagi - kumush tarkibli chiqindi va kukunlar, kumushning
oksidli birikmalari, elektroliz yuli bilan olingan kumush, tarkibida
kumush metali bor yaroqsiz qismlar va buyumlar, quyma holidagi
yaroqsiz yarim tayyor mahsulotlar, prokatlash usuli bilan olingan
metallar, simlar, kumushli ku- kunlar va ularning qoldiqlari, yaroqsiz
yoki ishdan chiqqan ku- mush-ruxli yirik va kichik xajmli
akkumulyatorlar va b.
2.
Nometall holatdagi - kumushning bromli, xlorli va sulfidli
birikmalari; fiksaj eritmasi va oynasozlik sanoati shlamlari; kumush
tarkibli chiqindilar, shliflar, kino-, rentgen- va fotoplyonkalar kullari;
kumush-pemzali katalizatorlar, tarkibida kumush majud bo‘lgan
shlaklar.
YUqorida sanab o‘tilgan chiqindilardan tashqari kimiyoviy va fizikaviy
xossalariga ko‘ra keskin farqlanadigan xomashyolar ham qayta ishlash
uchun kelib tushadi.
Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan qattiq holdagi 1:2 miqdorda mis qo‘shib
induksion pechda eritilib maxsus qoliplarga quyiladi. Hosil bo‘lgan quyma
0,2-0,4 mm qalinlikdagi tasma holatigacha pachoqlanadi. Hosil qilingan
metall tasmalarni yog‘ va boshqa qo‘shimchalardan tozalash maqsadida
azot kislotasi bilan kimyoviy ishlov beriladi.
188
Kimyoviy ishlov berish jarayoni tugaganidan so‘ng metall tasmalar
distillangan suv bilan yuvib tashlanadi va shoh arog‘ida eritiladi. Eritish
jarayonida kuchli reaksiya boradi.
Au+4HCl+HNO
3
=HAuCl
4
+NO+2H
2
O
Reaksiya tugagach eritma filtrlanadi. Eritmadagi oltinni cho‘ktirish
uchun gidrazin yoki temir sulfididan foydalaniladi.
4HAuCl
4
+3N
2
H
4
(HCl)
2
=4Au +3N
2
+22HCl
Hosil bo‘lgan cho‘kma distillangan suv bilan yuvib quritish
pechlarida quritiladi. Quritilgan cho‘kma induksion pechlarda eritiladi va
maxsus qoliplarga quyiladi.
|