• 22 – ma’ruza OLTIN VA KUMUSHNI XLOR YORDAMIDA AFFINAJLASH Reja
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/87
    Sana23.06.2024
    Hajmi39,03 Mb.
    #265243
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
    Bog'liq
    NodirMM maruza

     
    Nazorat savollari 
    1.
    Oltin va kumushning affinaji. 
    2.
    Xom-ashyoning moddiy tarkibi. 
    3.
    Xom-ashyo va uni affinajga tayyorlash. 


    173 
    22 – ma’ruza 
    OLTIN VA KUMUSHNI XLOR YORDAMIDA AFFINAJLASH 
     
    Reja: 
    1.
    Xlorlab affinajlash jarayonining mohiyati. 
    2.
    Oltin va kumushni xlorlab affinajlash jarayonining ketma-ketligi. 
    3.
    Oltin va kumushni xlorlab affinajlash jarayonining kimyosi. 
     
    Kalit so‘zlar: 
    xlorli affinaj, grafitli tigel, affinaj jarayonining kimyosi, 
    xlorli affinajlash dastgohlari, qotishma qatlami. 
     
    Xlorli affinajlash jarayoni oltinga nisbatan kumush va boshqa metallar 
    xlor gazi bilan oson ta'sirlashib oksidlanishiga asoslangan. Jarayonning 
    moxiyati shundan iboratki xlor birinchi o’rinda qo’shimcha metallar bilan 
    keyin esa kumush bilan, oxirida esa oltin va platinoid metallar bilan 
    ta'sirlashadi. Hosil bo’lgan xlorli birikmalar metall holidagi oltinga 
    aralashib ketmaydi va zichligi kichik bo’lgani uchun erigan metall 
    yuzasiga chiqadi. Xloridlarning bir qismi gaz holida uchib ketadi. 
    Xlorli affinajlash jarayoni JAR da keng qo’llaniladi. Affinaj 
    jarayoniga keladigan metall tarkibida 88-90% Au va 7-11% Ag bo’ladi. 
    Asosiy qo’shimcha metallar bu – mis, qo’rg’oshin, temir, ruxlardir.
    Jarayon grafit tigelli, qorun futerofkali induksion elktr pechlarida olib 
    boriladi. Eritishdan o’tgan qora metall quyma shaklida sig’imi 500kg 
    bo’lgan tigelga quyib olinadi. Toshqol hosil qilish uchun pechga oz 
    miqdorda bura, kvars va natriy xlor aralashmasi yuklanadi. Ingichka 
    toshqol qatlamining hosil bo’lishi metallarning uchuvchanligini pasaytiradi 
    va tigel devorlari yemirilishini oldini oladi. Metallar erib bo’lgandan so’ng 
    qopqoq orqali tigelga bir yoki ikki chinni quvur orqali gazsimon xlor 
    jo’natiladi. Xlorning yaxshi tarqalishi uchun quvur devorida teshiklar 
    ochilgan. Jarayon 1150
    0
    C da olib boriladi.
    Birinchi bo’lib temir xlorlanadi, so’ngra rux va qo’rg’oshin xlorlanadi. 
    Past qaynash haroratiga ega temir xlorid va rux xlorid gaz fazasiga o’tadi. 
    Qo’rg’oshin xlorid qisman uchuvchan holda, qolgani esa erib metal 
    yuzasida qoladi. Xloridlarni uchish jarayoni erish jarayonini jadallashitirib 


    174 
    qaynashga olib keladi, shu sababdan bu vaqtda xlor berilishi 
    sekinlashtiriladi.
    Mis va kumushning xlorlanish jarayoni qo’shimcha metallar temir, 
    rux, qo’rg’oshinning to’liq xlorlab bo’lingandan so’ng boshlanadi. AgCl 
    va CuCl larning qaynash haroratlari, jarayonning haroratidan baland 
    bo’lib, shu sababdan mis va kumush xloridlar tigelda qoladi va erigan 
    xlorid oltin yuzasida yupqa qatlamni hosil qiladi. Bu holda xloridlar 
    uchmayotgan bo’lsa ham erigan metallarning sochilmasligini oldini olish 
    uchun xlorning berilishi oshiriladi.
    Metall yuzasida erigan xloridlar va toshqollar vaqti - vaqti bilan 
    chiqarilib turiladi va yangi hajm flyuslar yuklanadi. Jarayon so’ngida 
    erigan metallning xlor bilan shimilishi sekinlashadi, shu sababdan xlor 
    berish tezligi ham pasaytiriladi. Jarayonning tugaganligi quyidagi hollar 
    bilan aniqlanadi: xlor berish quvurlarida jigarrang oltin belgilari paydo 
    bo’lishi va eritma ustida qizil chang ko’tarilishi bu esa eritmada oltin 
    xlorid hosil bo’lganini izohlaydi. Xlorlash jarayoni tugagandan so’ng 
    metall yuzasidagi erigan xlorid va toshqoldan tozalanadi, olingan toza oltin 
    quyma holida quyib olinadi.
    Xlorlab affinajlash natijasida olingan xloridlar aralashmasi va 
    toshqollar tarkibida ko’p miqdorda oltin karalyoklari bo’ladi. Undan 
    oltinni ajratib olish uchun ular tigel pechlarida 1100
    0
    C da eritib olinadi.
    Qorishma qatlamlar bo’yicha ajraladi, toshqol yuqoriga xloridlar 
    pastga cho’kadi. Qorishma yuzasiga alohidalangan soda yuklanadi, 
    natijada kumushning ma’lum qismi qaytariladi:
    4AgCl + 2Na
    2
    CO
    3
    = 4Ag + 4NaCl + 2CO
    2
    + O
    2
    (21.1) 
    va tigel tubiga mayda tomchilar yig’iladi, natijada kattagina oltin 
    qismi hosil bo’ladi.
    Beriladigan soda miqdori xloridning massasining 4%ga teng, bu bilan 
    xloridda mavjud kumushning 5qismi ajralib, oltinning ajralishini 
    yaxshilaydi. Olingan oltinkumushli aralashma yangi oltin bilan birga xlorli 
    affinajlashga beriladi.
    Qolgan kumush xloridlari metall holidagi temir yoki rux yordamida 
    metal kumush holigacha qaytariladi:


    175 
    2AgCl + Zn = 2Ag + Zn
    2+
    + 2Cl
    -
    (21.2) 
    Xlorli affinaj jarayoni oddiy, elektrolitik usullarga qaraganda arzon va 
    istalgan tebranishda rafinirlash uchun tayyordir, ammo, olingan oltin sifati 
    juda yuqori emas(soflik darajasi-995-996 ). Bu shakldagi metallar tangalar 
    ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin, ammo, texnika sanoati talablariga 
    mos kelmaydi. Jarayonning kamchiligi kumushning yo’qotilishi va platina 
    guruhi metallarining tozalangan oltin bilan yo’qotilishidir. 

    Download 39,03 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 39,03 Mb.
    Pdf ko'rish