176
Suvli eritmalarida AuCl
4
ioni gidrolizga uchraydi:
AuCl
4
→ Au
3+
+ 4 Cl
-
; (23.2)
AuCl
4
+ Н
2
О → (AuCl
3
(OH))
-
+ H
+
+ Cl
-
; (23.3)
Kislotali sharoitda esa bu jarayon bormaydi. Shundan bilsa bo’ladiki
demak oltin elektrolit tarkibida AuCl
4
ko’rinishida bo’ladi.
Oltinni elektrolitik rafinirlashda asosiy katodda bo’ladigan jarayon bu
AuCl
4
anionini metall holigacha qaytarilishidir:
АuС1
4
-
+ 3е =Аu + 4 Сl
-
(23.4)
Bu jarayonning standart potensiali +0,99V ga teng, shuning uchun
vodorodning katodda qaytarilishi kuzatilmaydi.
Anodda esa rafinirlanadigan qotishma erishi bilan oltin eritmaga o’tish
jarayoni kuzatiladi:
Au + 4 Cl
-
- 3e → AuCl
4
; (23.5)
2 Cl
-
- 2e → Cl
2
(gaz); E
0
= + 1,36B; (23.6)
2Н
2
О →4 H
+
+ O
2
(gaz); E
0
= + 1,23B; (23.7)
Xlor va kislorodning standart potensiali
oltinnikiga nisbatan
elektrmusbat bo’lganligi uchun odatiy sharoitda ularning anoda ajralib
chiqishi kuzatilmaydi.
Lekin jarayonga oltinning passivlashishi salbiy ta'sir ko’rsatadi,
chunki oltin passivlashganda anodni erishi deyarli to’xtaydi, uning standart
potensiali musbat tomonga siljiydi bu esa o’z navbatida xlor gazini anodda
ajralib chiqishiga olib keladi. Bu holat esa elektrolit tarkibida oltinni
miqdorini kamayishiga olib keladi va shu bilan
birga ishlab chiqarish
bo’limini xlor gazi bilan zaxarlanishiga olib keladi. Oltinni passivlanishi
jarayonning muxitiga bog’lik bo’lib, qulay sharoit xlorid kislotaning
konsentratsiyasi 1 g-ekv/l ni va tok zichligi 1500 A/m
2
bo’lgan
sharoit
hisoblanadi.
Au + 2 Cl
-
- e → AuCl
2
; E
0
= + 1,11B (23.8)
АuС1
4
-
va АuС1
2
anionlari o’rtasidagi tenglama o’rnatiladi:
3 AuCl
2
→ АuС1
4
-
+2 Аu + 2С1
-
(23.9)
177
Bu anionlarning konsentratsiyasi o’lchangan, shuning uchun bir
valentli oltin xlorid anionining katodda metall holigacha qaytarilishi
kuzatilishi mumkin:
AuCl
2
+ e → Аu +2С1
-
. (23.10)
Elektrolitik rafinirlashning o’ziga
xosligi shundki jarayonda
o’zgaruvchan assimetrik tok va uning 1500A/m
2
zichlilikga ega ko’rinishi
qo’llaniladi. Doimiy tok ta’sirida anod yuzasini kumush qoplaydi va
oltinning erishi to’xtaydi, natijada anodda gaz holida xlor ajralishi
kuzatiladi. Doimiy tok ta’sirida bu jarayonni chetlab o’tish imkonini beradi
va 20% kumushli eritmalardan ajratish imkoni mavjud bo’ladi.
Oltin
anodlarida mis, qo’rg’oshin, temir, tellur, qalay va platina kabi
qo’shimchalar uchraydi. Mis oltinga nisbatan elektromanfiy metall bo’lib,
eritmaga elektrolit shaklida o’tadi. Anodda mis miqdori 2%dan oshsa
elektrolitdagi mis miqdori 90g/l ga yetadi va
bu vaziyatda elektrolitni
almashtirishga to’g’ri keladi.
Oltin anodlarini elktroliz qilish vaqtida vismut, sulfide va ikki valentli
temir yomon ta’sir ko’rsatadi. Elektroliz jarayoni chinni vannalarda olib
boriladi. Katod sifatida oltindan qilingan qalinligi 0,1-0,25mm bo’lgan
plastinkalardan foydalaniladi.
Vannaga 18 katod va 15anod yuklanadi bir anod og’irligi 2kg. Vanna
tortmali shkafga joylashtiriladi. Elektrolit tarkibida 70-200g/l oltin va 40-
100g/l sulfat kislota bo’ladi. Elektrolit harorati 50-60
0
C. Elektroliz
jarayoni doimiy assimetrik tok kuchi zichligi 600-1500A/m
2
, vannadagi
qarshilik 0,5V. Katodlar kuniga 3-4 marta bo’shatiladi.
Oltin katodi qaynoq suv bilan yuviladi va
sulfat kislota bilan qayta
ishlanadi, qurutili va induksion pechda eritiladi va tozaligi 999,8…999,9
holatda quyma olinadi.