197
Galenit – Galena –
qo'rg’oshin sulfidi.
Gidrotsiklon – Suvquyun – hydrocyclone –
bir-biridan og’irliklari
bilan farq qiluvchi zarrachalarni suvli muhitda ajratadigan dastgoh.
Suvquyunning tavsiflagich, separator va quyultirgich kabi turlari bor.
Gravitatsion boyitish – gravity separation –
konchilikda
foydali
qazilmalarni boyitish usullaridan biri: menirallar
zichligi orasidagi farq
hisobiga amalga oshiriladi. G.B.ning cho'ktirib ajratish, boyitish stollarida,
og’ir suspenziyalarda va suvquyunlarida
boyitish va boshqa turlari
mavjud.
Granula – qumoq – granule –
o'ta mayda zarrachalarning o'zaro
birikishidan hosil bo'lgan yirik zarra dona.
Granulometrik tarkib – qumoqlik tarkibi –granulometric
composition –
kon mahsulotlarida har xil kattalikdagi
zarrachalarning
miqdori. U ma'lum o'lchamli zarrachalar miqdorining
tekshirilayotgan
mahsulot umumiy massasi nisbatiga teng (% hisobida).