189
kimyoviy birikma va qotishmalarini ham isrof
qilmasdan ajratib olish
muhim omil hisoblanadi.
Ikkimlamchi xomashyolarni qayta ishlashning eng maqbul usulini
tanlashda quyidagi omillarga e’tibor beriladi: qayta ishlanayotgan
xomashyoning xususiyati, ajratib olinishi kerak bo‘lgan metallarni
miqdori, yo‘ldosh metallarni va nometall birikmalarni xususiyati va
konsentratsiya, texnologik jarayonning ishonchliligi, qo‘llanilayotgan
usulning texnik-iqtisodiy effektivligi va atrof muhitga ta’siri.
Xomashyoning hususiyatiga qarab quyidagi
eritish usullaridan biri
qo‘llanilishi mumkin:
-
metall olish uchun eritish;
-
ligaturali qotishma olish uchun eritish;
-
mis, mis-nikel qotishma olish uchun eritish;
-
qo‘rgoshin qotishmasi - verkbley olish uchun eritish.
Metall olish uchun eritish, tarkibida ajratib olinadiganmetall mikdori
yuqori bo‘lgan xomashyolarni qayta ishlashda metallni bir jinsli holga
keltirish, keraksiz aralashmalarni shlakka o‘tkazish, keyingi texnologik
jarayonlar va tashish uchun qulay bo‘lgan anod shaklidagi qotishmalar
olish maqsadida qo‘llaniladi. Keraksiz aralashmalarni shlak tarkibiga
o‘tkazish
uchun shixta tarkibiga bura, soda, shisha, ayrim hollarda
metallarni va xalkogenid birikmalarni oksidlash uchun selitra qo‘shiladi.
Qayta eritish jarayoni qarshilikli elektr pechlarida, yuqori chastotali
induksion pechlarda va yoyli elektr pechlarida olib boriladi.
Ligaturali qotishmalar olish uchun nisbatan kambag‘al bo‘lgan
xomashyolar
(akkumulyator
temir-tersaklari,
ishlatilgan
metallik
katalizatorlar, tarkibida nodir metallar bo‘lgan shlamlar, qotishmalar)
hamda gidrometallurgik qayta ishlov berish natijasida hosil bo‘lgan
mahsulotlar (cho‘kmalar, kimyoviy birikmalar - galogenidlar, rodanidlar,
kumirli sulfidlar va boshqalar) qo‘llaniladi.
Jarayonning maqsadinodir
metallarni minimal isrof qilgan holda keraksiz aralashmalarni shlakka
o‘tkazish va metallashgan (kumirli) faza hosil qilish hisoblanadi. Jarayon
statsionar yoki buriluvchan yallig‘-qaytaruvchi pechlarda, yoyli elektr
pechlarda, ayrim hollarda tigel yoki induksion pechlarda olib boriladi.
190
Mis qotishmalarini olish uchun xomashyo tarkibida nodir metallar
mikdori bo‘yicha juda kambag‘al bo‘lgan meteriallar (shlamlar,
elektronika texnikasi temir-tersaklarining ayrim turlari) turli xil ikkilamchi
xomashyolarni gidro- va pirometallurgik ishlov berish natijasida hosil
bo‘ladigan yarim mahsulotlar ishlatiladi.
Bu jarayon mis eritish
zavodlarida olib boriladi. Nodir metallarni chiqindilari asosan xomaki
misni konvertorlarda eritish paytida pechga yuklanadi va nodir metallar
keyingi jarayon - misni elektrolitik rafinirlashda shlam holida ajratib
olinadi.
Verkblay olish uchun eritish natijasida oltin va kumush dastlab xomaki
qo‘rg‘oshin bilan birikma hosil kiladi, so‘ngra verkblay kupelirlash
bosqichida nodir metallar qotishmasi shaklida ajratib olinadi.
Ikkilamchi
xomashyolarga gidrometallurgik ishlov berish, ruda va konsentratlarga
birlamchi ishlov berish amaliyotida tuplangan malakalarga asoslangan. Bu
jarayonlar xomashyolarga kimyoviy ishlov berish, nodir metallarni
eritmaga o‘tkazish, metall yoki ularning kimyoviy birikmalari shaklida
ajratib olishda keng qo‘llanilmoqda.
Kimyoviy ishlov berish jarayonlarida asosan uch guruhga
bo‘linadigan, juda keng nomenklaturadagi erituvchilar ishlatiladi:
-
xomashyo tarkibidagi komponentlarni asosiy qismini eritma tarkibiga
o‘tkazadigan kollektiv erituvchilar. Tanlab
eritish natijasida eritma
tarkibiga o‘tgan metallarni nisbati xomashyo tarkibidagi metallar nisbati
bilan bir xil bo‘ladi. Bunday erituvchilarga xlorli, nitratli erituvchilar misol
bo‘la oladi.
-
xomashyo tarkibidagi nodir bo‘lmagan metallarni eritmaga o‘tkazish
uchun selektiv erituvchilardan foydalaniladi. Bunday erituvchilarga
nordon sulfatli va xlorli erituvchilar misol bo‘ladi.
-
xomashyo tarkibidagi nodir metallarni, qolgan yo‘ldosh nodir
bo‘lmagan birikmalarga ta’sir qilmay eritmaga o‘tkazuvchi selektiv
erituvchilar. Bularga oltin va kumirni erituvchi ishqoriy metall
sianidlarining
suvli eritmalari, kumush va uning birikmalarini erituvchi
tiosulfatlar, tarkibida ligand guruhi bo‘lgan organik erituvchilar kiradi.
Eritma tarkibiga o‘tgan nodir metallarni ajratib olish uchun quyidagi
usullarni biri qo‘llanadi:
191
-
noorganik va organik reagentlar qo‘llab sementatsiyalash yoki
tiklash;
-
elektrolitik tiklash;
-
qiyin eruvchi tuzlar shaklida cho‘ktirish;
-
sorbsiyalash va ekstraksiyalash.
Yuqori tozalikdagi mahsulot olish yuqorida keltirilgan usullarning
ichidan qiyin eruvchi tuzlar holida cho‘ktirish va elektrolitik tiklash
usullari keng qo‘llaniladi.