180
miqdori kam bo’lsa ham ularni qayta ishlash shu metallar narxining
qimmatligi sababli o’zini qoplaydi va rentabelli hisoblanadi.
1. Ikkilamchi oltintarkibli xom-ashyolar xususiyatlari.
Oltin tarkibli xom-ashyolarni asosiy yetkazib beruvchilar bular: rangli
metallar metallurgiyasi ishlab chiqaruvchilari, asbobsozlik va elektronika
sanoatidir.
Barcha xom-ashyolarni bir nechta turga bo’lish mumkin:
oltin tarkibli qotishmalar(50-60% Au);
elektronika va elektrotexnika sanoati chiqindi qismlari(0,3 dan 20%).
Bu qismlarda oltin mayin qoplama
shaklida metallar yuzasida, chinni va
plastmas yuzasida, aralash holda uchraydi;
kukunsimon chiqindilar: chinni sanoati zolalari(25-35% Au), oltin
elektrolizi shlamlari(15-25% Au), zargarlik sanoatining silliqlaydigan
bo’limlari chiqindilarda(5-10% Au).
2. Ikkilamchi kumushtarkibli xom-ashyolar xususiyatlari.
Kumush tarkibli ikkilamchi xom-ashyolarning asosiy yetkazib
beruvchilari foto va kino sanoati, kimyo,
elektrotexnika va radiotexnika,
oynasozlik, soatsozlik va zargarlik sanoati, davolash muassasalari.
Kumush tarkibli foto va kino sanoati chiqindilari - mahsulotni
tayyorlash vaqtida, unga ishlov berish vaqtida, vaqt o’tishi bilan emirilish,
eskirish natijasida hosil bo’ladi.
Qayta ishlashga yuboriladigan asosiy kumush tarkibli xom-ashyo
turlari quyidagilar, %: kumush bromli 35-66; kumush oltingugurtli 45-65;
kino sanoati zolasi 45-52; fotoqog’oz zolalari 1,2-7; fotosurat zolalari
0,5dan kam.
Kimyo sanoati chiqindilari quyidagilar: qayta ishlangan qismlar
shaklida(20-80% Ag); ishdan chiqqan katalizatorlar (80% Ag dan ortiq);
shlamlar (60-805 Ag); kumushli dastgoh lomlari (20-25% Ag).
Oynasozlik sanoatida kumush chiqindilar – oyna, shishalarni kumush
bilan ishlov berish vaqtida yuzaga keladi. Oynasozlikda quyidagi kumushli
chiqindilar hosil bo’ladi,%: oyna bo’laklari 0,05-0,2; bezak bo’laklari 0,2-
0,5; kumush ko’za lomlari 10-25; kumush stol movutlari 40-50; kumush
shlamlar 40-60; kumush eritmalaridan cho’ktirib
olinga kumush
oltingugurti 40-60.
181
Zargarlik va soatsozlik sanoati ishlab chiqarishida ham shu kabi
ko’plab turdagi kumush chiqindilari va lomlari olinadi.
Kumush tarkibli xom-ashyolarning ko’p qismini (30-40% Ag)
elektronika va elektrotexnika sanoat chiqindilari egallab: eskirgan
kumush-ruxli va kumush-kadmiyli akkumulyatorlar (30dan 60% gacha);
bog’lanish-qotishmalari, kumush kavsharlari(5 and 99% gacha); metallik
birlashmalar 25-50.
Barcha nodir metallar xom-ashyolarini ikki turga bo’lish mumkin:
1) Metalli – kumushli zolalar, kumush oksid birikmalari,
elektroliz
kumushi, kumush zargarlik chiqindilari, vsimilar, bog’lovchi qismlar,
kukunlar yoki ularning chiqindilari, kumush-rux akkumulyatorlari va
boshqalar;
2) Metall bo’lmagan – bromli, xlorli, shishasozlik chiqindilari, aralash
shlamlar, kumushli chiqindilar,
shliflar, kino, foto va rentgen qog’ozlari,
kumush tarkibli toshqollar.
Xom-ashyolarni tahlil qilish. Xom-ashyolarni tahlil qilish, yetkazib
beruvchi tomonidan beriladigan ashyo tarkibidagi nodir metallar miqdorini
aniqlashga va qayta ishlash usulini tanlash uchun olib boriladi.
Barcha sochiluvchan metall bo’lmagan chiqindilar namlik va organik
birikmalardan tozalash va qurutish uchun 3-4 soat mobaynida elektr
pechlariga yuboriladi. Quritlgan va sovitilgan xom-ashyodan namuna
olinadi. Olingan namuna yanchishga jo’natiladi va oraliq namunalar bilan
aralshtiriladi. Oraliq namuna ham yanchilib, aralashtirilib undan 3 ta
namuna olinadi- asosiy, nazoratchi va hakamlik namunalari. Tekshirishga
asosiy namunasining hammasi va nazoratching 10% jo’natiladi, hakamlik
namunasi 6 oy saqlanadi.
3. Ikkilamchi oltintarkibli xom-ashyolarni qayta ishlash.
Xom-ashyodagi oltin miqdori 1dan 60gacha bo’lishi mumkin,
kumushda esa 0,1dan 15%gacha. Har bir partiya tahlilga jo’natiladi.
Hozirgi kunda oltin tarkibli qotishmalarni
eritish texnologiyasi
mavjud, kukun holidagi chiqindilar shoh arog’ida eritiladi, oltinli chiqindi
qismlar esa rodanit yoki yodli birikmalarda eritiladi.
Oltin tarkibli ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash xuddi
kumushniki singari tigelli induksion pechlarda eritish olib boriladi. Agar
182
qayta ishlanadigan xom-ashyoda oltin miqdori 50%dan oshsa oz
miqdorda flyus talab qilinadi, 10-30% shixta hajmidan. Flyus sifatida
kalsinirlangan soda yoki kvars qumi ishlatilishi mumkin. Mahsulotlar
qizdirilgan tigelga yuklanadi va pechdagi harorat 1200-1250
0
C
gacha
ko’tariladi. Shu yerda qotishma 0,5-1 soat ushlab turilib sekin suv quyish
bilan donadorlashtiriladi. Olingan bo’laklar yuviladi va shoh arog’ida
eritish uchun chinni idishga solinadi, jarayon 80-90
0
C da, doimiy
aralashtirish bilan, to oltin to’liq erib ketguncha olib boriladi. Oltinning
erishi quyidagi reaksiya bo’yicha boradi:
Au + 4HC1 + HN0
3
= НАиС1
4
+ NO + 2Н
2
O (176)
Olingan eritma dekantatsiyalanadi va 4-6 soat davomida AgCl ning
cho’kishi kuzatiladi. Cho’kma AgCl eritmadan filtratsiya yordamida
ajratiladi, quritiladi va eritishga jo’natiladi yoki
tindirilgan eritmalardan
oltinni gidrozin yoki temir sulfat bilan qaytarishimiz mumkin:
4НАиС1
4
+ 3N
2
H
4
(HC1)
2
= 4Au + 3N
2
+ 22 HC1. (177)
Hosil bo’lgan oltin tarkibli toshqol qaynoq suv bilan yuviladi va 10%li
NH
4
OH bilan AgCl ning suvda eruvchan kompleksi olish bilan davom
etadi:
AgCl + 2NH
4
OH = Ag(NH
3
)
2
Cl + Н
2
O (178)
Olingan cho’kma 5-10% li H
2
SO
4
bilan temir va misdan tozalash
uchun yuviladi. Bu jarayon ikki marta amalga oshiriladi. Olingan shlam
150-200
0
C quritilib, selitra ishtirokida 1250
0
C da eritladi va quyma
olinadi. Olingan quyma elektroliz usulida affinajlashga jo’natiladi.