O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

2.4. Kumushnimng kimyoviy xossalari.
Kumusho’zinigfaollikbo’yichaoltinvamisoralig’idajoylashgandir. 
Odatiysharoitdakislorodbilantasirlashmaydi. Kumush vodorod, azot va 
uglerod bilan odatiy sharoitda tasirlashmaydi. Yuqori haroratda uglerod 
kumush bilan kumush karbidi Аg
2
С
2
, fosfor bilan АgР, Аg
2
Р
3
ваАgР
2
hosil 
qiladi. Qizdirilgan holatda kumush oltingugurt bilan tasirlashib Ag
2
S hosil 
qiladi. Bu birikma kumushdan oltingugurtni gaz holatda o’tkazishdan 
qaysiki sulfid minerallarining parchalanishidan chiqqan gaz tasirida sodir 
buladi. Vodorodsulfidning oxista tasirlashuvi natijasida ham kumush 
yuzasida qora parda hosil bo’ladi Ag
2
S. Bu jarayon kumush buyumlarning 
vakt utishi bilan korayib kolish jarayonini izohlaydi. Shuning bilan 
birgalikda kumush xlor, brom va yod bilan tasirlashib mutanosib ravishda 
ushbu metalmas galogenlarini xosil kiladi. Bu jarayonlar oddiy sharoitda 
sekin kechib, namlik yoxud temperatura tasirida tezlashadi.
Kumush kimyoviy birikmalarda bir valentli, ammo uning 2 va 3 
valentli bo‘la olish hollari ham uchraydi. 
Uy sharoitida, namli havoda kumush metali sirtida yupqa 12A, 
qalinlikdagi kislorod pardasi hosil bo‘ladi, harorat osha borishi bilan, 
kislorod pardasi ham qalinlashadi. Harorat 4000C
0
ga yetganda kislorod 
kumushda Ag
2
O sifatida eriydi. Bosim 414 atm. bo‘lganda AgO
2
sistemasida 5070C

da evtektika holati kuzatiladi (evtektika shu birikmada 
ikki elementning bir-birida eriy olish qobiliyatidir), (masalan AgO
2

51%). Eriyotgan kumush o‘ziga kislorod yutadi, sovuganda u gaz sifatida 
ajralib chiqadi, kumush oksidlanadi: Ag
2
O, AgO, Ag
2
O
3
lar ham ma’lum.
Suvli suyuq eritmalarda kumushning elektron potensiyali quyidagicha:
Ag → Ag
+
+ e, E
0
= +0,799 B. 
Shu sababdan kumush ham oltin singari suvli eritmalargi kislotalardan
vodorodni siqib chiqara olmaydi, ishqorlar bilan tasirlashmaydi. Oltindan 
farqli ularoq kumush kuchli kislota va kuchli oksidlovchilar masalan 
konsentirlangan sulfat kislotasi va nitrat kislotasi tasirida eriydi. Kumush 


18 
ham «Shox arog’ida» yaxshi eriydi, to’yingan xlorid kislotasi bilan ham 
reaksiyaga kirishadi.
Nitrat kislotada va konsentrlangan sulfat kislotada kumush yaxshi 
eriydi. 
2Ag + 2H
2
SO
4
= Ag
2
SO
4
+ 2H
2
O + SO
2
(2.8) 
Kumush sulfati oq tusli rombik shaklidagi kristallar bo’ladi. Azot 
kislotasi kumushni uy haroratida erita oladi: 
6Ag + 8HNO
3
= 6AgNO
3
+ 4H
2
O + 2NO
(2.9) 
Kumush nitrat AgNO3 - romb shaklidagi rangsiz kristallardir.
Yuqori haroratda kumush va HCl o‘rtasida muvozanatli reaksiya yuz 
beradi: 
2Ag + 2HCl = 2AgCl + H
2
(2.10) 
Ftor bilan kumushning quyidagi birikmalari mavjud:АgF
2
, Ag
2
F,
AgF.
Kumush birikmalarida kumush xlorid AgCl - amaliy ahamiyatga 
egadir.
U oq kristallik modda, odatda kumush xlorid kumush azot tuzlari 
ta'sirida cho’kmaga AgCl sifatida o’tiradi. Kumush xlorid tuzi 
fotomateriallar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Kumush xlorid asosan
kosmik nurlanishlarda detektorlar sifatida ishlatiladi. U meditsinada ham 
ishlatiladi. Kumush brom birikmalari kumush yod ham fotomateriallar 
tayyorlashda ishlatiladi. Kumush sulfid - AgS- tabiatda argentit minerali 
sifatida uchraydi. Oltin kabi kumush ham sinil kislota tuzlari bilan 
kompleks birikmalari hosil qiladi. Bu esa kumushni rudalar tarkibidan 
eritib ajratib olishda juda qo’l keladi.
AgNO
3
eritmasining kaliy sianid eritmasi bilan ta’siri natijasida
oqishsimon kumush sianidi hosil bo‘ladi:
АgNО
3
+ КСN = АgСN + КNО
3
(2.11) 


19 
АgСN ning ko’p bo’lishi uning yana kaliy sianidi bilan birikib 
kompleks sianid tuzi hosil bo’lishiga olib keladi.
АgСN + КСN= К [Аg(СN)
2
]
(2.12) 
Oltin va kumush kislorod ishtirokida ishqoriy metallning sianidli 
tuzlarida eriydi:
2Аg + 4КСN +
1
2
O
2
+ H
2
O = 2К[Аg(СN)
2
] + 2KOH. (2.13) 
Kumu oksidi Ag
2
Okora jigarsimon rangda bo’lib quyidagi usulda 
olinadi:
AgNO
3
eritmasiga ishqor eritmasi quyiladi natijada qoramtir 
gidrooksid cho‘kmasi quyidagi reaksiya bo‘yicha hosil bo‘ladi.
АgNО
3
+ КОН = АgОН + КNО

(2.14) 
Eritmani cho‘kmadan ajratib kichik chinni idishga o‘tkazilib, suv 
bilan yuviladi va 50-60
0
C da quritiladi. Kumush oksidi quyidagi reaksiya 
bo’yicha hosil bo‘ladi:
2АgОН → Аg
2
О + Н
2
О 
(2.15) 
Kumush oksidini 250
0
C da qizdirganimizda u kumush va kislorodga
parchalanadi: 
2Аg
2
О → 4Аg + О
2
(2.16) 
Vodorod pereoksid uni uy sharoitidayok metallgacha kaytara oladi: 
2Аg
2
О + Н
2
О
2
→2 Аg + Н
2
О + О
2
(2.17) 
AgBr – kumush bromidi uz xossalariga kura kumush xloridga 
uxshash. U ammiakli eritmalarda, tiosulfat eritmalarida, sulfitva sianit 
eritmalarida yaxshi eriydi va metall xoligacha oson qaytariladi.


20 
AgI - kumushning yodli birikmasi AgC1 va AgBr dan farqli o’laroq 
ammiakli eritmalarda erimaydi ammo CN- va S
2
O
3
2-
ionlari ishtirokida 
amiakka nisbatan kuchliroq kompleks birikma hosil qiladi.
Kumushning qiyin eruvchi galogenlarining xarakterli tomoni shundaki 
ular yorug’likka sezgirlik qobiliyatiga ega bo’lib, yorug’lik tasirida 
kumush galogenlari erkin metall va galogenga parchalanadi: 2AgI = 2Ag + 
I
2
.
Kumush galogenlarining bu xususiyatlari ulardan fotomateriallar 
tayyorlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Ularning yorug’lik sezgirlik 
xususiyati quyidagi qator bo’ylab o’sib boradi AgIsababdan fotomahsulotlar tayyorlashda ko’pincha kumush bromidi 
ishlatiladi.

Download 39,03 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish