O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/87
Sana23.06.2024
Hajmi39,03 Mb.
#265243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
NodirMM maruza

1.3-jadval.
1gramm oltin olish uchun tan narxiga oid ko’rsatgichlar .
Zaxirasi, t. 
Ruda tarkibidagi 
oltin miqdori, g/t 
Oltin ishlab 
chiqarish 
hajmi t/y. 
1gr.oltin olish 
uchun tan AQSH 
doll. 
Juda ko’p >1000 Juda boy..... >10 
Juda 
ko’p...>50 
Yuqori foydali< 4 
Ko’p……….100 Boy..............5-10 Ko’p....10-50 Foydali...........4-6 
O’rtacha.10-100 O’rtacha..... .2-5 
O’rtacha 5-10 O’rtacha 
foydali...6-10
Kam ...... ...1-10 Kambag’al.0,5-2,0 Kam.......1-5 
Kam foydali 10-14 
Juda kam....< 1 
Juda 
kambag’al..<0,5 
Juda kam .< 1 Foydasiz......> 14
 
Oltinning eng yaqin xususiyatlarini o‘zida jamlagan, ammo havoda 
uzoq tursa oksidlanib qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan 
kumush ishlab-chiqarish va xalq xo‘jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan 
keyingi o‘rinda turadi. Oltin o‘zining o‘zgarmas va nodir xususiyatlari 
bilan davlatlararo pul muomalasi o‘rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. 


10 
Bundan tashqari u davlatlarning jahon banklaridagi boylik jamg‘armalari 
sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham 
bajaradi. 
Davlatlararo tovar ayirboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala 
vositasidir. 
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, 
kosmik laboratoriyada va stansiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida
o‘tga va kislotaga chidamli asbob-uskunalarda ishlatiladi. Oltin va uning 
qotishmalari samalyotsozlik va raketasozlikda yuqori sezgirlikka ega 
elementlarni oksidnashini oldini olish uchun qo’llaniladigan dastgohlarda 
ishlatiladi: olovbardosh qotishmalarni payvandlashda, raketasozlikda, 
reaktiv dvigatellarda, yader reaktorlarida, kosmik kemalarda keng 
qo’llaniladi. Turli xildagi radio va rentgen dastgohlari ishlab chiqarishda 
elektronika va elektrotexnikada keng qo’llaniladi. 
Kumush sanoatda katilizatorlar sifatida, kumush qoplama, xalq 
xo‘jaligida idish-tovoq tayyorlashda ishlatiladi. Kumush idishlarda 
saqlangan suv uzoq paytgacha aynimaydi. Platina va platinoidlardan eng 
sezgir, o‘tga chidamli, asbob-uskuna, laboratoriya jihozlari tayorlashda
ishlatiladi. Platina va palladiy neft sanoatida katalizator sifatida keng 
ishlatiladi. Shu boisdan nodir metallarni ko‘proq ishlab-chiqarish zarurdir. 
Buning uchun rudalar tarkibida murakkab sharoitda bo‘lgan nodir metall 
elementlarini, fan va texnikaning eng ilgor, faol, samarali yutuqlaridan 
foydalanish zarur buladi.
Misning 
asosiy 
iste’molchilari 
foto 
va 
kinomotografiyada, 
rentgenografiyada va boshqa foto mahsulotlar olishda ishlatiladi.
Shuningdek kumush elektronika va elektrotexnikada, radiotexnika va 
mashinasozlikda keng qo’llaniladi. Kumushning muhim iste’molchilaridan 
raketasozlik, kosmik va aviotexnika, dengiz xarbiy qismlar, shuning bilan 
bir qatorda kumush-rux va kumush-kadmiyli akkumulyatorlar ishlab 
chiqarish sanoatidir. Xozirgi vaqtda kumushning 70%dan ortig’i sanoat 
maqsadida ishlatilsa, qolgan qismi esa tanga tayyorlashda, bezag vositalar 
va uy ro’zg’or buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Kumushning asosiy iste’molchilari (t/y): AQSH 3500-4500; Rossiya 
1400-1500; Yaponiya 1800-3200; Italiya 900-1100; Angliya 700-850; 


11 
Fransiya 450-600. Bu davlatlar hissasiga barcha iste’mol qilinadigan 
kumushning 85% to’g’ri keladi. Kumush ishlab chiqarishning 80% 
yo’ldosh usulda qazib olishga asoslangan bo’lib faqatgina 20%gina 
to’g’ridan to’g’ri rudadan olinadi.
Platina guruhi metallari yuqori karroziyaga chidamli va eng qiyin 
sharoitlarda ham o’z xususiyatlarini o’zgartirmasligi sababli xalq 
xo’jaligida keng qo’llanildi.
2-Jaxon urushiga qadar 60% platina zaragarlik va meditsinada 
ishlatildi. 2-jaxon urushidan so’ng esa shu sohalarda platina 
qo’llanilishining ulushi 8-10% gacha tushib ketdi. Shuning bilan bir 
qatorda platina sanoatda keng qo’llanila boshlandi.
Platina guruhi metallarining asosiy iste’molchilari kimyo sanoati, 
neftni qayta ishlovchi sanoatda, elektrotexnikada va avtomabil sanoatida, 
shuningdek shisha ishlab chiqarishda, asbobsozlikda va mudoofaa 
sanoatida keng q’llaniladi.
Kimyoviy tajriba sharoitida platina tajriba idishlari va dastgohlarida 
tayyorlashda ishlatiladi. Bu metallar elektrotexnika sanoatida eritmalarda 
erimaydigan anod shaklida qo’llaniladi, masalan vodorod pereoksid ishlab 
chiqarish sanoatida,perxlorat olishda keng qo’llaniladi. Platina va palladiy 
qoplamalari reaktorlar va maxsus idish va dastgohlar tayyorlashda 
ishlatiladi.
Kimyo sanoatida platina va palladiy maxsus machalkalar olishda, 
panjaralar tayyorlashda, similar listlar va kalloidlar olishda qo’llaniladi, 
shuningdek organik va neorganik mahsulotlar olishda katalizator sifatida 
ishlatiladi. Ularni azotdan ammiak ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Katalizator sifatida platinining qotishmalari ya’ni palladiy-platinali, 
rodiyli, iridiyli va ruteniylilari ishlatiladi.
Elektrotexnika sanoatida, elektronika va asbobsozlikda platina keng 
qo’llanilib, platina qotishmalari kontaktlar tayyorlashda, elektr qarshilik 
asboblarida, potensometr olishda, elektr saqlagich ishlab chiqarishda
rentgen quvurlarini elektrodlari olishda, aloqa vositalarida, astronomik 
asboblar olishda ishlatiladi.


12 
Platina va rodiyli qotishmalar yuqori haroratni o’lchovchi 
termoparalar olishda ishlatiladi(1300-1800 °C). 40% Ir va 60% Rh li 
qotishmalar 2000-2300 
0
C temperaturani o’lchashga bardoshlidir. 
Ruteniy yuqori zichlikka ega bo’lgan detallar tayyorlashda keng 
qo’llaniladi.
Osmiy va Iridiy juda yuqori qattiqlikka egaligi bilan boshqa 
metallardan ajralib turadi va shuning uchun yuqori aniqlikka ega bo’lgan 
o’lchov asboblari olishda ishaltiladi. Platina va kobalt qotishmasi kuchli 
doimiy magnit olishda ishlatiladi.
Meditsinada platina va uning qotishmalari igna, shprislar tayyorlashda 
ishlatiladi. Palladiy tish protezlari olishda ishlatiladi. 
Palladiy va ruteniy bir muncha platinadan arzon bo’lib, boshqa 
qimmat metallarni o’rnini almashtirish uchun ishlatiladi. 

Download 39,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 39,03 Mb.
Pdf ko'rish