4
1 – ma’ruza
KIRISH. NODIR METALLAR METALLURGIYASINI
RIVOJLANISH TARIXI
Reja:
1. Metallurgiyaning dastlabki rivojlanish bosqichlari.
2. Nodir metallar ishlab chiqarishning hozirgi zamon ahvoli.
3. Nodir metallarning xalq xo’jaligidagi o’rni.
Kalit so’zlar:
nodir metallar, oltin, kumush, platinaoidlar, oltin
tarkibli ruda, oltin zahirasi.
Butun dunyoda rudadan rangli metallarni qazib olish jarayoni
qimmatlashib bormoqda asosan buni oltin va kumush misolida
ko’rishimiz mumkin. Bunga asosiy sabab qilib quyidagt omillarni
keltirishimiz mumkin:
-rangli va nodir metall rudalari zaxiralarining kamayishi va bu
metallarni olishga ketadigan xarajatlarning oshishi;
-xom-ashyo mahsulotlari narxining stabillashuviga milliy va xalqaro
bozorlarning doimiy aralashuvlarining kengayishi;
- atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha davlat va xalqaro talablarni
bajarish, chiqindilarni zararsizlantirish va chiqindi suvlarni neytrallash
jarayonlaning qiyinliligi va qimmatliligi;
- xom-ashyo va elektr energiya narxininig tez suratda o’sishi.
Shuni e’tiborga olish lozimki nodir metallarning noyob fizik-
kimyoviy xossalari tufayli ularning fan va texnikaning ko’p sohalarida
keng qo’llanilishiga olib kelmoqda. Nodir metallarning asosiy vazifasi
ulaning yuqori narxi sababli belgilangan bo’lib, bu ularning davlat ichki
va tashqi iqtisodiga ta’siri bilan aloqadorligidadir. Nodir metallar
metallurgiyasi yo’nalishi juda murakkab soha bo’lib uni egallagan
mutaxassisdan nafakat oltin va kumushni birlamchi xom-ashyodan ajratib
olishni, balki ikkilamchi xom-ashyodan ajratib olishni, boyitish
jarayonlarini, gidrometallurgiya, pirometallurgiya jaryonlanrini chuqur
bilishni talab qiladi.
5
Nodir metallar guruhiga oltin, kumush va platina guruhi metallari
ruteniy, palladiy, osmiy, iridiy, platina kiradi.
Oltin, kumush, mis va sof temir bilan birga birinchi metall sifatida
qadimdan insoniyatga ma'lum. O‘zining jozibadorligi va jilosi bilan
odamlar e'tiborini o‘ziga tortib kelgan bu metall eramizdan avvalgi 8000-
12000 yillarda qazib olina boshlagan. O‘sha davrdayoq oltin taqinchoq,
zeb-ziynat va boshqa maishiy jihozlar ishlab chiqarishda ishlatilgan.
Qadimgi asrlarda oltin va kumush Yevropa va Yaqin Sharq, Xitoy,
Hindiston xalqlari tomonidan ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan va
ishlatilgan. Qadimgi grek va rimliklarda oltin qazib olish yuqori darajada
bo‘lgan.
Qadimgi zamonda asosiy oltin qazib olish markazlari: Afrika, Kichik
va O‘rta Osiyo, Ispaniya, Kavkaz, Vengriya, Chexiya, Armaniston va
Ural, Sibirning tog‘li rayonlari hisoblangan.
Qadimgi vaqtda quldorchilik va feodal muhitida oltin qazib olish,
qayta ishlash faqatgina qo‘l mehnati yordamida amalga oshirilgan. Ruda
bo‘laklarini maydalash ham qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan.
Oltinning yirik bo‘lakchalarini ushlab qolish hayvonlar terisi va
tarnovlarda yuvish bilan amalga oshirilgan.
O‘sha davr taraqqiyotidan bizgacha metallarni eritish, oltin va
kumush qo‘rg‘oshin qotishmasidan kupellash usuli bilan ajratib olish,
hamda kislotalar yordamida oltin va kumushni ajratib olish usullari yetib
kelgan. Bundan tashqari, oltinni yog‘li yuzaga ushlab qolish va ajratib
olish usuli eramizdan avvalgi 5000-yillarda ma'lum bo‘lgan. Tarixiy
manbalarga ko‘ra, bundan 2000 yil oldin oltinni ajratib olish uchun
amalgamatsiya usuli ishlatilgan.
Rim imperiyasi qulab, feodal munosabatlar rivojlangan o‘rta asr
davrida oltin va kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davrida
oltin va kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davriga kelib,
ayniqsa Amerika qit'asi ochilgandan so‘ng, oltin qazib olish sezilarli oshdi.
O‘sha paytda qazib olish ishlarida bir qancha o‘zgarishlar qilindi,
jumladan, sochma konlarni gidravlik usulda yuvish, ruda suv usulida
yanchish, so‘ngra tarnovlarda yuvish, amalgamatsiya jarayonlari tatbiq
6
qilina boshlandi. Qadimgi va o‘rta asrda qazib olingan oltin mikdori
127000 tonnani tashkil etdi.
XVII asrda oltin qazib olish asosan Braziliya hisobidan oshdi, chunki
o‘sha payt bu mamlakatda ko‘plab oltinning sochma konlari topilgan
edi. XIX asr 1-yarmida Rossiya davlati oltin qazib olish bo‘yicha
yetakchilikka da'vogarlik qildi, chunki shu davrda Ural va Sibirning
oltinga boy sochma konlari ochilib o‘zlashtirishga kirishildi. Savdoning
rivojlanishi, texnika va sanoatning taraqqiy etishi oltin va kumushga
bo‘lgan talabni oshirdi, bu esa o‘z navbatida Yangi konlar izlab topish va
ochish sabab bo‘ldi. Kaliforniya (1848 y) va Avstraliya (1851 y) ning
boy sochma konlarining ochilishi va tug‘ma oltin konlarning topilishi oltin
olishining sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi.
Biroq bu o‘sishdan so‘ng, ko‘p o‘tmay XIX asr 2-yarmida oltinga
boy sochma konlarning o‘zlashtirilib bo‘lishi natijasida bu metall qazib
olish miqdori kamaydi. Oltin qazib olish miqdorini ko‘paytirish maqsadida
bir qancha texnik qurilmalar zamonaviylashtirildi, jumladan, sochma
konlardan qazib olish va yuvish ishlari mexanizatsiyalashtirildi, bu o‘z
navbatida avval nosanoat deb hisoblangan kambag‘al sochma oltin
konlarini ochilishi va o‘zlashtirilishiga olib keldi. Sulfidli ruda va
konsentratlarni qayta ishlash uchun amalgamatsiya fabrikalari qurildi.
Sulfidli rudalarni qayta ishlashda shteynga eritib olish va keyinchalik
metall olish usullari ishlatila boshlandi.
Oltin ishlab chiqarish sanoatida ayniqsa ahamiyatli va uzoq
ko‘tarilish 1890 yildan kuzatila boshlandi. Bu davrda JARning dunyodagi
eng yirik va boy oltin konlari ochildi va o‘zlashtirila boshlandi. Bir
vaqtning o‘zida Hindiston (1880y) va Alyaska ( 1890 y) da oltin konlari
ochildi . 1843 yilda rus olimi Bagration tomonidan kashf etilgan
rudalardan oltinni ajratib olish uchun sianlash jarayonini sanoat
miqiyosida ko‘llanishi oltin qazib olishda muhim o‘rin tutardi. Bu yuqori
samarali usul butun dunyo miqiyosiga yoyildi va hozirda oltin ajratib
olishda eng ko‘p ishlatiladigan va asosiy gidrometallurgik jarayon
hisoblanadi. Rossiyada siyanlash jarayoni 1897-98 yillarda Berezov va
Kochkar korxonalarida birinchi bo‘lib ko‘llanildi.
7
XX asrda dunyoda oltin qazib olish sanoti bir tekis taraqqiy etmadi.
Asrning boshlanishidagi tez sur'atlar bilan o‘sishni 1914-1918 yillardagi 1-
jaxon urushi sekinlashtirib qo‘ydi. 1914 yildagi oltin qazib olish sur'atiga
faqatgina 1934 yilda erishilib 1940 yilgacha davom etdi. So‘ngra, 2-jaxon
urushi boshlanishi munosabati bilan yana oltin qazib olish sur'ati kamaydi,
1970-yilgacha oltin kazib olish miqdori sekinlik bilan o‘sdi. Oxirgi
yillarda oltin qazib olish miqdori dunyo bo‘yicha kamaydi, lekin 1982-
1999 yillarda biroz kutarilish kuzatiladi.
|