Ikkilamchi elektronlar emissiyasining to‘la koeffitsienti




Download 1,96 Mb.
bet40/52
Sana19.02.2024
Hajmi1,96 Mb.
#158642
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m

4.4. Ikkilamchi elektronlar emissiyasining to‘la koeffitsienti


Ikkilamchi elektronlar emissiyasi –σ- koeffitsientini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar shuni ko‘rsatdiki, σ- koeffitsient bir qator faktorlarga bog‘liq bo‘lar ekan.

  1. σ ni sirtning notekisligiga bog‘liqligi:

Mishen sirtining notekisligi σ qiymatini kattaligini rosa kamaytiradi. Bu shunday tushuntiriladiki, rivojlangan strukturali sirtda hosil bo‘lgan elektronlar o‘z harakati davomida mishendan tashqarida juda ko‘p to‘siqlarga duch keladiki, silliq sirtda bunday to‘siqlarga uchramaydi.

  1. σ ni mishen haroratiga bog‘liqligi:

Metallarda mishenning harorati deyarli σ ning qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Yarim o‘tkazgichlarda esa mishen haroratining oshishi (germaniy) T gacha σ ni 5-6 % kamayishiga olib keladi.

  1. σ ning moddaning agregat holatiga bog‘liqligi:

M.P. Morozov tomonidan qo‘rg‘oshin, qalayi, vismutlar uchun erish haroratida σ koeffitsient sakrab o‘zgaradi. Biroq keyingi tadqiqotlarda bu sakrab o‘zgarishlar kuzatilmadi. Aftidan sakrashlar sirtning iflosliklari va relefining o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lishgan.
4. σ ning modda magnit xossalariga bog‘liqligi:
Kyuri nuqtasi yaqinida va bu nuqtadan o‘tish vaqtida (ya’ni, magnit materialning ferromagnitlik xususiyatidan paramagnitlik xususiyatiga o‘tishda ) koeffitsient σ ning hech qanday o‘zgarishlari kuzatilmagan.
5. σ nig chiqish ishiga bog‘liqligi:

33-rasm. Ikkilamchi elektronlar emissiyasi to‘la koeffitsientini bariyni kumush taglikga o‘stirish vaqtiga bog‘liqligi (E0 .
Volfram, molibden, kumush, oltin va boshqa materiallardan qilingan mishenlarni sirtiga ishqoriy va ishqoriy- er metallarini adsorbsiyalaganda, qoplamaning qalinligi bir necha monosloy bo‘lganda, mishenning chiqish ishi kamayadi, va σ –koeffitsient esa ortadi (33-rasm). Vakuumni 10-5 Pa dan 5*10-7 Pa gacha o‘zgarishi qaralayotgan bog‘lanishda ikkilamchi elektronlar emissiyasi chiqish ishiga bog‘liqligi sezilmaydi.
6. σ ni metallik emitterlarning kristallik xususiyatlariga bog‘liqligi.
Kobalt strukturasini geksagonaldan – qirramarazlashganga o‘tishida T 638 K da va temirning strukturasi HMKK dan Qirra Markazlashgan Kubik Kristallga (QMKK) T 1183 K o‘tishida σ ning deyarli o‘zgarishi kuzatilmagan. Metalli qotishmalar (Re-W, Re-Ta, Re-Ti) uchun issiqlik ta’siridan so‘ng σ ning qiymati toza metallarnikiga qaraganda ortadi.
7. Metallik emitterlarda mexanik kuchlanishlarning σ ga ta’siri.
Alyuminiy, nikel, molibden, oltinlardan qilingan lenta yoki simlarda egilish deformatsiyasining ortishi bilan σ ham ortadi. Qo‘yilgan kuchlanish ortganda, -emissiya koeffitsientining o‘zgarish tezligi ham ortadi, bunda – deformatsiya o‘lchami. Σ ning deformatsiyadan avval va keyingi qiymatlari orasidagi farq tashkil qiladi. Namunani yuqori haroratlarda kuydirish (otjig) yoki uni bir necha soatlab xona haroratida ushlab turish σ –koeffitsientni dastlabki holatiga qaytaradi.
8. σ – elektronlarning tushish burchagiga bog‘liqligi.
σ (F) burchakka bog‘liqlikni tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki, birlamchi elektronlarni mishenga tushish burchagining F-ortishi bilan σ- koeffitsient quyidagi qonun bo‘yicha ortadi:
σ 0 exr(-a (4.15)
bunda, 0 va a – doimiy kattaliklar. (Tushish burchagi F deganda birlamchi elektronlar harakati yo‘nalishi bilan tushish nuqtasida mishen sirtiga o‘tkazilgan urunma orasidagi burchak tushuniladi). Katta tushish burchaklari uchun qattiq jism ichida birlamchi elektronlar yugurishining oxiri, ya’niki –uyg‘otilgan ikkilamchi elektronlarning asosiy qismi to‘plangan joy, sirtga yaqin turgan bo‘ladi. Shu sababli, kamroq chuqurlikdan sirt orqali vakuumga – ko‘proq chuqurlikga qaraganda –kichik F burchaklarda –ko‘proq elektronlar chiqishi mumkin bo‘ladi.
Birlamchi elektronlarning E0 kattaroq energiyalarida, ularning singib kirish chuqurligi juda katta bo‘ladigan holda, –koeffitsient unda uyg‘ongan elektronlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramasdan kamayadi. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, ko‘proq chuqurlikdan kamroq ikkilamchi elektronlar chiqadikim, sababi ular o‘z harakati davomida qattiq jism ichida to‘qnashuvlarga duch keladi. Shu sababli, qattiq jismdan chiqayotgan elektronlar qanchalik ko‘p chuqurlikda bo‘lmasa, shuncha katta energiyaga ega bo‘lishadi.
9. ni emitterning turiga– metall yoki dielektrik ekanligiga bog‘liqligi.
Dielektriklar uchun ikkilamchi elektronlar emissiyasi koeffitsienti (bir tartibga) metallarga qaraganda katta. Gap shundaki, birlamchi elektronlar ikkilamchi elektronlarni quyi (to‘ldirilgan) energetik satihlardan urib chiqaradi, qaysiki elektronlar soni –dielektriklar va metallar uchun bir xil bo‘ladi. Biroq, metallarda dielektriklardan farqli o‘laroq, o‘tkazuvchanlik zonasida yana erkin elektronlar bo‘ladikim, ikkilamchi elektronlar ular bilan qo‘shimcha ravishda to‘qnashadi. Shu sababdan, metallardan ikkilamchi elektronlarning chiqishi dielektriklarga qaraganda bir muncha qiyinroq bo‘ladi, shuning uchun dielek met.



Download 1,96 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Download 1,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkilamchi elektronlar emissiyasining to‘la koeffitsienti

Download 1,96 Mb.