Boshlangich vegetativ yaqinlashgirish usuli




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

Boshlangich vegetativ yaqinlashgirish usuli
voyaga yetgan daraxt turiga 
boshqa o‘simlikning bir yillik novdasi payvand qilingan. Bunda payvandust 
payvantagning ildiz sistemasi hisobiga 5-6 yil yashaganligi sababli bir-biriga 
biologik moslashgan. Payvandust gullagach, payvandtag guli bilan changlatilgan. 
Bu usul hozir boshqa dala ekinlarida ham qo‘llanilmoqda. Masalan, B.ye.Pisarev
bug‘doy donining murtagini olib tashlab, uning o‘rniga javdar murtagini 
o‘tqazgan. Bunday dondan unib chiqqan o‘simlikni bug‘doy bilan chatishtirib
yangi o‘simlik xilini yaratgan. 
Uzoq formalarni chatishtirib olingan duragaylar unuvchanligining bo‘lmasligi 
urug‘larda endospermning yetarli rivojlanmasligi bilan bog‘liq. 
Turlararo va turkumlararo duragaylar urug‘lari unuvchanligining bo‘lmasligi 
yoki past bo‘lishini bartaraf qilish murtak ekish usulining qo‘llanilishi bilan 
amalga oshirilishi mumkin. Murtak eksplantatsiyasi usuli yordamida g‘o‘zaning 
tetraploid turlari bilan diploid turlarini chatishtirishni misol qilish mumkin. 
Duragay urug‘lariing uzoq vaqt tinim holatida bo‘lishi va ularning sekin 
o‘sishini ham murtakni sun'iy ozuqa muhitida o‘stirib tezlashtirish mumkin. Ba'zi 


hollarda esa duragay o‘simtalarni hayotchanligining pastligi ularni ota-ona 
o‘simliklaridan biriga payvand usulida bartaraf qilinishi mumkin. 
Turlararo va turkumlararo duragaylarning pushtsizligi quyidagi sabablar bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin: 
-jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayonida hujayra bo‘linishining (meyoz) 
buzilishiga sabab bo‘ladigan yadro va sitoplazmaning nomuvofiqligi; 
-guldagi jinsiy organlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi genning 
mavjudligi; 
-meyozda xromosomalarning kon'yugatsiyalanishiga to‘sqinlik qiluvchi 
xromosomalar tuzilishidagi farqlarning bo‘lishi. 
Uzoq formalardan olingan duragaylarning pushtsizligini bir qancha usullar 
bilan bartaraf etish mumkin. 
Ulardan asosiylari qayta chatishtirish va allopoliplopdlar olish uchun 
o‘simliklar xromosomalarini ikki baravar oshirishdir. 
Qayta chatishtirishlar bekross va retsiprok usullarida amalga oshirilishi 
mumkin. 

Download 1,32 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlangich vegetativ yaqinlashgirish usuli

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish