|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevnaBog'liq BIOLOGIYA14-Mavzu: Xromosoma nazariyasi
Tayanch so‘z va iboralar: xromosoma nazariyasi, mitoz, somatik hujayra,
autosomalar, jinsiy xromosoma, germofrodit, zigota, krossingover, gomologik
xromosomalar
,
daltonizm, retsessiv.
14.1. Irsiyatning xromosoma nazariyasining yaratilishi
XIX
asrning
oxiriga
kelib
organizmlarpish
barcha
hujayralarida
xromosomalarning soni juft va barqaror ekanligi, mitoz bo‘linishda ular ikki hissa
ko‘payib, yosh hujayralarga teng taqsimlanishi, jinsiy hujayralar hosil bo‘lishida
xromosomalarning soni yarmiga kamayishi, urug‘langan tuxum hujayrada esa
ularning diploid soni tiklanishi aniqlandi. Shunday qilib, irsiyatda xromosomalar
yetakchi rolni o‘ynashi har tomonlama tasdiqlandi.
1911 yilda amerika genetigi T.Morgan o‘z laboratoriyasida o‘tkazgan
tadqiqotlari natijasida irsiyatning moddiy negizi hisoblangan xromosomalarni
o‘rganishni yana yuqori pog‘onaga ko‘tardi. U genlarning xromosomalarda
joylashish tartibini tajribada isbotlab, irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi.
Shundan so‘ng genetika rivojlanishining yangi davri boshlandi.
T.Morgan o‘zining barcha genetik tajribalarini drozofila (meva) pashshasi
ustida o‘tkazdi. Chunki bu pashsha kichik hatto probirkada ham arzon ozuqa bilan
ko‘payib, qisqa muddatda (ikki haftada) bir necha yuzlab yangi nasl berishi
mumkin. Bundan tashqari drozofila pashshasining ko‘pgina tashqi belgilari turg‘un
ravishda nasldan-naslga o‘tadi. Uning somatik hujayrasida faqatgina 4 juft
xromosoma mavjud. Mana shu pashshalar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida
yaratilgan irsiyatning xromosoma nazariyasi jinsni aniqlash va rivojlanishi bilan
bog‘liq barcha muammolarni yechishga asos bo‘ldi.
Organizmdagi xromosomalar autosomalar va jinsiy xromosomalardan
(geterosomalardan) iborat.
O‘xshash jinsiy bo‘lmagan oddiy xromosomalar yig‘indisi
autosomalar
deyiladi va ular bir necha juft bo‘ladi. Bir-biridan farq qiluvchi faqat bir juft
xromosoma
jinsiy xromosoma
deb ataladi.
Drozofila pashshasining tana hujayrasida xromosomalar yig‘indisi 6 ta
autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan iborat. Odamlarda xromosomalarning
diploid soni 46 ta yoki 23 juft bo‘lib, shundan 44 tasi autosoma (erkak va ayollarda
bir xil) qolgan ikkitasi jinsiy xromosomalardir. Mana shu bir juft jinsiy
xromosomalar bir-biridan farq qiladi. Ularning biri X harfi, ikkinchisi esa Y harfi
bilan belgilanadi. Odamda xromosomalarning normal balansi ayollar uchun
44+XX, erkaklar uchun 44+XY bo‘ladi. O‘g‘il yoki qizning tug‘ilishi ona va ota
jinsiy xromosomalarining urug‘lanishda qanday qo‘shilishiga bog‘liq. Agar tuxum
hujayraning X xromosomasi spermatozoidning X xromosomasi bilan qo‘shilsa,
zigotada ikki (X) xromosomalar (44 ta autosomalardan tashqari) hosil bo‘lib, qiz
organizmi rivojlanadi; uning xromosomalar yig‘indisi 44+XX bo‘ladi. Tuxum
hujayradagi X xromosoma spermatozoidning U xromosomasi bilan qo‘shilsa, XY
xromosomali zigota hosil bo‘lib, undan o‘g‘il organizmi rivojlanadi; uning
xromosomalar yig‘indisi 44+XY ni tashkil etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna
|