qurtining autosoma xromosomalaridan birida urug‘da qora rang beruvchi dominant
gen borligini aniqlash orqali erishildi. Rentgen nurlari ta'sir etilib, shu genni
saqlovchi xromosomaning bir bo‘lagi X xromosomaga o‘tkaziladi. Natijada
urg‘ochi qurt chiqadigan urug‘lar
qora rangda ekanligi aniqlanib, ularni erkak
qurtlar chiqadigan urug‘lardan ajratish oson bo‘ldi. Qora rangni rivojlantiradigan
dominant genga ega bo‘lgan urg‘ochi kapalaklar uruqqa
oq rang beradigan ikkita
retsessiv genga ega bo‘lgan erkak kapalaklar bilan chatishtirilsa, birinchi bo‘g‘inda
(F
1
da) ikki xil rangdagi (qora-urg‘ochi, oq-erkak) urug‘lar hosil bo‘ladi.
Fotoelementlardan foydalanib bu urug‘larni mashina yordamida oson ajratish
mumkin. Ajratib olingan oq rangli urug‘dan faqat erkak jinsli qurt chiqadi. Shu
tariqa ajratib olib boqilgan qurtlardan mo‘l va yuqori sifatli ipak hosili
yetishtiriladi.