duragayning xromosomalari kon'yugatsiyalanmaydi va gametalar hosil bo‘lish
jarayoni normal kechmaganligi uchun naslsiz bo‘ladi. Bunday xromosomalarning
ikki baravar ortishi (9turp+9karam)+(9turp+9karam) 36
xromosomali nasl
beradigan duragay hosil bo‘ladi.
Uzoq formalarni duragaylashni 2 turga bo‘lish mumkin:
kongruent
va
inkongruent
chatishtirishlar.
Botanik jihatdan bir-biriga yaqin va xromosomalar soni teng bo‘lgan
o‘simliklarni chatishtirish
kongruent chatishtirish
deyiladi. Botanik jihatdan bir-
biridan uzoq va xromosomalar soni teng bo‘lmagan organizmlarni chatishtirishga
inkongruent chatishtirish
deyiladi.
Karam bilan turp (2p=18), yumshoq bug‘doy bilan bug‘doyiqni (2p=42),
ingichka tolali va o‘rta tolali g‘o‘zani (2p=52)
chatishtirish kongruent, qattiq
bug‘doy bilan (2p=28) yumshoq bug‘doyni (2p=42), javdar (2p=18)
bilan qattiq
bug‘doyni (2p=28) chatishtirishlar inkongruent chatishtirishlarga mansub.