Bundan tashqari, o‘rta va ingichka tolali g‘o‘zaning tezpishar, viltga
chidamli, serhosil navlari xam shu usul bilan akademik S.Miraxmedov va
Yu.Xutorniylar tomonidan yaratilgan. Bu navlar qatoriga o‘rta tolali g‘o‘zaning
Toshkent 1,3,4,6 navlari S-4727 navi meksikanium yovvoyi g‘o‘za
bilan bekross
chatishtirish va tanlash usullari bilan yaratilgan.
Shunday qilib, uzoq formalarni duragaylash seleksiyada muhim usullardan
biri hisoblanadi. Bunday chatishtirishlardan olingan
duragaylarda ham tur ichida
chatishtirishdek belgilar bo‘yicha ajralishlar yuz beradi. Lekin ular orasidan kerakli
belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklarni tanlash ko‘lami keng bo‘ladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar:
1. Uzoq formalarni duragaylash deganda nimani tushunasiz?
2. Uzoq tur va turkumlarning o‘zaro chatishmaslik sabablari nimada? .
3.
Uzoq
formalarni
chatishtirishdan
olingan
duragay
urug‘larning
unuvchanligining bo‘lmasligi va ularning pushtsiz bo‘lishi nima bilan bogliq.
Ularni bartaraf qilish usullari qaysilar?
4. Qishloq xo‘jalik amaliyotida uzoq formalarni duragaylash- ning qanday
ahamiyati bor?