14.4.
Krossingover va uning xillari
Meyozning
profaza
I
dagi
zigonemada
gomologik
xromosomalar
konyugatsiyalanganda ular bir-biriga jipslashib, keyin bir-biridan
ajralib ketishida
qismlarini (genlarini) o‘zaro almashtiradi. Natijada tarkibidagi genlar boshqa bir
xil bo‘lgan xromosomalar hosil bo‘ladi va bu hodisa krossingover deyiladi.
Krossingover gomologik xromosomalarda joylashgan genlarning yangi
birikmalari hosil bo‘lishi, natijada yangi belgilarga ega bo‘lgan
avlodlar dunyoga
kelishi va rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Krossingover tabiiy tanlanish va seleksiya uchun muhim ahamiyatga egadir.
Krossingoverni chuqur o‘rganish, genlarning genetik kartasini, yani har bir birikish
gruppasida genlarning nisbiy joylashish sxemasini tuzish imkoniyatini yaratdi.
Juda ham ko‘p chatishtirishlar o‘tkazish natijasida barcha genlar xromosomada bir
chiziqda joylashishi aniqlangach, genetik karta sxema tuzish mumkin bo‘ladi.
Xromosomalarning genetik kartasini o‘rganish genlar xromosoma uzunligi bo‘ylab
bir tekis tarqalmasligini ham ko‘rsatadi. Xromosomaning ba'zi qismlarida genlar
boshqa qismlaridagiga nisbatan zich joylashadi. Xromosomaning ba'zi
qismlari
genetik jihatdan aktiv bo‘lmasligi ham mumkin ekan.
Irsiyatning xromosoma nazariyasini o‘rganish quyidagi xulosalarga olib keladi:
1. Genlar xromosomalarda muntazam bir chiziqda joylashgan bo‘lib, birikish
gruppalarini hosil qiladi. Birikish gruppalarining soni gomologik xromosomalar
juftining soniga teng.
2. Har bir xromosomada joylashgan genlar o‘zaro bog‘langan
holda nasldan-
naslga o‘tadi. Genlarning o‘zaro bog‘lanish kuchi ularning o‘rtasidagi masofaga
bog‘liq.
3. Gomologik xromosomalar o‘zaro chalkashish (krossingover) imkoniyatiga ega.
Krossingover natijasida genlarning rekombinatsiyasi (tarkibi o‘zgargan gruppa
hosil bo‘lishi) ruy beradi. Bu esa tabiiy tanlanish va sun'iy
tanlash uchun boy
manba bo‘lib xizmat qiladi.
4. Genlarning o‘zaro birikishi va krossingover qonuni biologik hodisa bo‘lib,
organizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanligi umumiyligini ifodalaydi.