• 15.1. O‘zgaruvchanlik xillari va o‘rganish usullari
  • Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
    1. Irsiyatning xromosoma nazariyasini kim yaratgan? 
    2. Jins nima va bu belgi nima asosida rivojlanadi? 
    3. Autosoma va geterosoma tushunchalariga ta'rif bering. 
    4. Xromosoma bilan bog‘liq qanday kasalliklarni bilasiz? Ularning yuzaga kelish 
    sabablari nimada? 
    5. Jinsni qaysi usullar bilan boshqarish mumkin? 
    6. Bog‘langan genlar deb qanday genlarga aytiladi? 
    7. Krossingover nima? Uning evolyusiyada va seleksiyada qanday ahamiyati bor? 
     
    15-Mavzu:
     
    O‘zgaruvchanlik qonuniyatlari 
    Tayanch so‘z va iboralar:
    O’zgaruvchanlik va uning xillari, modifikatsion 
    o’zgaruvchanlik, kombinativ o’zgaruvchanlik, rekombinativ o’zgaruvchanlik, 
    mutatsion o’zgaruvchanlik; mutatsiya to’g’risidagi nazariya, spontan va 
    indutsirlangan mutatsiya, generativ va somatik mutatsiya, morfologik, fiziologik, 
    biokimyoviy mutatsiyalar, letal, yarim letal, pushtsiz, neytral va foydali 
    mutatsiyalar, gen mutatsiyalari, xromosoma mutatsiyalari, genom mutatsiyalari
    tranzitsiya, transversiya, deletsiya, duplikatsiya, inversiya, translokatsiya, 
    transpozitsiya, insersiya, transpozon, poliploidiya, geteroplodiya, avtopoliploidiya 
    va allopoliploidiya, retsessiv mutatsiyalar. 
    15.1. O‘zgaruvchanlik xillari va o‘rganish usullari 
    O‘zgaruvchanlik deyilganda barcha tirik mavjudodlarning o‘zgarishi 
    tushuniladi. O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi pa xususiyatlar paydo 
    6o‘ladi yoki qandaydir bor bo‘lgan belgi yo‘qoladi. Har bir populyasiyada ayrim 
    organizmlar har xil belgilari bilan va xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilib 
    turadi. Bitta turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi farq uning genotipining 
    o‘zgarishi bilan yoki tashqi muhit ta'sirida yuzaga chiqishi mumkin. Shunga ko‘ra, 
    o‘zgaruvchanlik ikkiga, ya'ni irsiy va irsiy bo‘lmaganga ajratiladi. Irsiy 
    o‘zgaruvchanlik genotipining o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi uchun bu 
    o‘zgaruvchanlikni 
    gepotipik o‘zgaruvchanlik 
    ham deyiladi. Genotipik 


    o‘zgaruvchanlik ikki xil bo‘ladi: kombinativ, mutatsion. Kombinativ 
    o‘zgaruvchanlik uch xil yo‘lda hosil bo‘lishi mumkin. Shundan ikki yo‘li meyoz 
    jarayoniga bog‘liq bo‘lib gomologik xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi va 
    anafazada ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifiy ravishda ajralishi 
    natijasida sodir bo‘ladi. Uchinchi yo‘li esa urug‘lanish jarayonida tuxum hujayrani 
    qaysi urug‘ hujayra urug‘lantirishga bog‘liq. Mutatsion o‘zgaruvchanlik organizm 
    genlari va xromosomalarining sifat va son jihatidan o‘zgarishi natijasida yuzaga 
    keladi. Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikda esa genotipda o‘zgarish sodir 
    bo‘lmasdan faqat fenotip o‘zgaradi. Shuning uchun bu o‘zgaruvchanlikni fenotipik 
    o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. O‘zgaruvchanlikni o‘rganishda oliy matematikaning 
    bir bo‘limi bo‘lgan variatsion statistika qo‘llaniladi. Variatsion statistnkaning 
    nazariy asosi katta raqamlar va ahtimollar nazariyasidir. 
    Bu usul yordamida har xil populyasiyalarda (zot, poda, liniya va oila) 
    belgilarning o‘zgarunchanlik darajasi, belgilarning o‘rtacha qiymatlari
    belgilarning o‘zaro bog‘liqligi va naslga berilish darajalari aniqlanishi mumkin. 
    Bundan tashqari bu usul yordamida belgilarga allel bo‘lmagan dominant genlar 
    ta'siri, allel genlarning o‘zaro ta'siri,o‘rtacha naslga berilishi, o‘ta dominantlik va 
    boshqa ta'sirlar o‘rganiladi. Biometrik usul o‘zgaruvchan belgilar bilan ish ko‘radi. 
    Belgilar, o‘z navbatida, miqdor va sifat belgilariga bo‘linadi. Miqdor belgilar 
    o‘lchash va hisoblash yordamida o‘rganilib, raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Sifat 
    belgilarga hayvonlar rangi, shox va quloqlar shakli va boshqalar kiradi. Sifat 
    belgilari so‘z bilai ifodalanadi. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish