3) boshlang‘ich vegetativ yaqinlashtirish usuli.
Changlar aralashmasi bilan changlash usuli
ona o‘simlik urug‘chisi ma'lum
tur va turkumning changi bilan changlanganda urug‘ hosil bo‘lmagan
hollarda
qo‘llaniladi. Bunday holda ona o‘simlik ota o‘simliklarning bir qancha turlarning
changi bilan aralashtirib changlatiladi. Bu usul bilan I.V.Michurin
olma bilan
nokni, olcha bilan gilosni, o‘rik bilan olxo‘rini chatishtirgan.
Bu usul hozir ham
bug‘doy, g‘o‘za, kartoshka va boshqa o‘simliklar seleksiyasida foydalaniladi.
Bunday usulning kamchiligi shundaki, olingan avlodni genotipi bo‘yicha to‘liq
baholab bo‘lmaydi.
Vositachi usul
ham I.V.Michurin tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib,
yovvoyi
bodom bilan madaniy shaftolini, chatishtirishda foydalanilgan. Ular to‘g‘ridan-
to‘g‘ri chatishmaganligi uchun yovvoyi bodom avval
David shaftolisi bilan
chatishtirilib, uni keyin madaniy shaftoli bilan chatishtirib 20% atrofida duragay
urug‘lar olgan.