55
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi – mamlakat bo’yicha yaratilgan milliy
mahsulotning yil davomidagi yig’indisi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi – ishlab chiqarish sohasidagi o’z
harakatini
tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki
bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg’arish fondi) orqali qondirishga
tayyor mahsulot.
Sof mahsulot – yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish
vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi.
Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy
ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va
qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulot.
Qo’shimcha mahsulot – sof mahsulotning zaruriy
mahsulotdan ortiqcha qismi,
ya’ni qo’shimcha ish vaqtida qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot.
Qo’shimcha mahsulot massasi – yil davomida olingan qo’shimcha mahsulotlar
yig’indisi.
Qo’shimcha mahsulot normasi – qo’shimcha mahsulot
massasining zaruriy
mahsulotga nisbati.
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi
o’rtasidagi bog’liqlik.
Umumiy mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab
chiqarish omillaridan
foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi.
O’rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir
birligiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi.
So’nggi qo’shilgan mahsulot – eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi
kuchi) evaziga o’sgan mahsulot hajmi.
Mehnat unumdorligi – ishchi kuchining vaqt
birligi mobaynida mahsulot
yaratish qobiliyati.