57
kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat
o’rtasidagi bog’lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan
elementlar tizimidan iborat.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi
ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko’rsatkichidir.
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat
ashyolari va boshqa moddiy
ashyolar bilan emas, shu bilan birga o’zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda
bo’ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar.
Bunda ishlab
chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil
qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o’rtasidagi
aloqalar
sifatida namoyon bo’lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi,
ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va
ularning ijtimoiy uyg’unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan,
mehnat taqsimoti, uni
ixtisoslashtirish
va
kooperatsiyalash,
ishlab
chiqarishning
to’planishi va
uyg’unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo’ladi. Bu ijtimoiy
shakl iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va asosini ishlab
chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.