|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universitetiBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASItexnologik yondashuv
ham ma’lum bir oqim
hisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro’y berayotgan o’zgarishlar
ko’lami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli
texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi
va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab
chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli
deyiladi.
Ular o’rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari
ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tish asosan
mehnat vositalarining tavsifidagi o’zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan
belgilanadi.
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida
farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab
chiqarish.
Oddiy kooperatsiya
– bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi
xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib va reja
asosida ishlaydigan kishilar guruhidir.
Kooperatsiyaning yakka tartibdagi
hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon
bo’ladi:
1)
ko’plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida
tafovutlarning yo’qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi;
2)
bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg’i, yoritish va
boshqa shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi
ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi;
3)
birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini
oshirdi.
Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali
|
| |