O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
 


58 
3.1-chizma
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashib kelgan qator ishlab 
chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi. 
Ishlab chiqarish usullari almashuvining klassik namunasi yevropada namoyon 
bo’lgan deb hisoblanadi. Yevropa hududida bir-biri bilan almashib, ibtidoiy jamoa
quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga 
qaraganda bu yerda kapitalizmgacha bo’lgan davrda mana shu munosabatlarning 
hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada yevropa 
mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab chiqarish usuli 
deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida 
mamlakatlarning katta turkumiga xos bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab 
chiqarish munosabatlarining sug’orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga 
solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bog’liq sifat 
xususiyatlari aks etadi. 
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni s
ivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish 
tiplari
natijasi sifatida o’rganish ham muhim o’rin tutadi. 
«Sivilizatsiya» so’zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni 
anglatadi. Bu tushuncha fanga frantsuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – 
ikki asr oldin kiritilgan bo’lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo’lgan jamiyatlarni 
tavsiflash uchun qo’llanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan 
mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil 
etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
Jamiyat 
taraqqiyotini 
sivilizatsiya 
nuqtai-nazaridan 
o’rganishda 
sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi muhim o’rin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari 
quyidagi 7 ta bosqichdan iborat sivilizatsiyani ajratib ko’rsatadilar: 
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 
Ishlab chiqarish usuli 
Ustqurma 
Ishlab chiqarish 
munosabatlari 
Ishlab chiqarish 
vositalari 
- mulkchilik
- ishlab chiqarish 
- taqsimot 
- ayirboshlash 
- ist
е’mol munosabatlari va 
boshqalar 
siyosiy, huquqiy, 
mafkuraviy, 
milliy, oilaviy va 
boshqa ijtimoiy 
munosabatlar 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar 
Ishchi kuchi 


59 
1)
davomiylik muddati 30-35 asrni o’z ichiga olgan neolit davri;
2)
davomiylik muddati 20-23 asrni o’z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri 
(bronza asri); 
3)
davomiylik muddati 12-13 asrni o’z ichiga olgan antik davr (temir asri); 
4)
davomiylik muddati 7 asrni o’z ichiga olgan erta feodal davri;
5)
davomiylik muddati 4,5 asrni o’z ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr;
6)
davomiylik muddati 2,5 asrni o’z ichiga olgan industrial davri; 
7)
davomiylik muddati 1,3 asrni o’z ichiga olgan yuqori industrlashish davri
1
.
Bu qayd qilingan bosqichlardan ko’rinib turibdiki, ushbu nazariyada turli 
qarashlar va yondashuvlarni aralashtirish holatiga yo’l qo’yilib, jamiyat taraqqiyoti 
bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga 

Download 8,58 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish