56
3-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
1.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha
yondashuvlar
2.Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
3.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk
ob’ektlari va sub’ektlari
4.Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
5.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
maqsadi, yo’llari va usullari
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi
va rivojlanishi jamiyat
taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy
munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib
boradi. Shunga ko’ra, mazkur mavzuda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot bosqichlari va
ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab
chiqarishning ijtimoiy va
texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi.
Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.
Ishlab chiqarish har doim muayyan mulkchilik shakli doirasida amalga
oshiriladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik
munosabatlarining mohiyati, mulk
shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida
mulk shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin
ajratiladi.