O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

industrlashgan 
jamiyatning asosiy belgilari
: a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi; b) 
sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining 
ko’payishi; v) shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq ko’payishi va 
boshqalar. 
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi – 
yuqori darajada industrlashgan 
jamiyatning asosiy belgilari:
a) xizmat ko’rsatish sohasining yuksak darajada 
rivojlanishi; b) ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo’lishi; v) 
fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan xodimlarining va malakali 
mutaxassislar rolining oshishi; g) iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik 
hayotda axborot va hisoblash texnikalarining keng qo’llanilishi; d) tovarlar va 
xizmatlar sifatiga putur yetkazmasdan iqtisodiy resurslarning hamma turlarini tejash 
imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng qo’llanilishi va 
boshqalar. 
Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar 
jamiyat taraqqiyotida asosiy rolni o’ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, 
ishchi-xizmatchilar tarkibining o’zgarishiga, mehnat unumdorligining o’sishiga olib 
keladi. Lekin bu texnik o’zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan jamiyat 
taraqqiyoti qonunlarini aniqlab bo’lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va ularning 
tavsifini bilishda ham texnik, ham ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni birgalikda olib, 
ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik aloqadorlik va ta’sir natijasida 
sodir bo’ladigan taraqqiyot qonunlarini o’rganish zarurdir. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha ming 


61 
yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi va 
bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. 
Texnika taraqqiyotining barcha bosqichlari – oddiy kooperatsiya, manufaktura, 
mashinalashgan, ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi 
industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar 
xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda 
ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo’lib 
o’rganadilar. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish